26
bo„g„imlarida to„pgullardan yuqorida joylashadi. To„pgullar esa hosil shoxlarida
asosidan ikkinchi-uchinchi bo„g„imlarida joylashgan barglar qarshisida hosil bo„ladi.
Hosilsiz novdalarda jingalaklar novda asosidan ikkinchi beshinchi bo„g„imlarda hosil
bo„ladi. Tok to„pguli, gullari murakkab shingil yoki ro„vak shaklidagi to„pgulga
yig„ilgan. Ular o„tgan yilgi qishki kurtaklarda hosil bo„ladi va kelgusi yil bahorda
kurtaklar Yozilguncha boshlang„ich holatda bo„ladi.
Agar, tok guli kurtak hosil qilayotgan paytda yaxshi oziqlantirilgan bo„lsa,
to„pgullar birin-ketin hosil bo„ladi va tobora maydalashib boradi. Birinchi to„pgul juda
yirik bo„ladi. Uncha qulay bo„lmagan sharoitda kurtaklar hosilsiz bo„ladi
yoki undan
faqat bitta to„pgul chiqadi. Odatda novdadagi jingalaklardan yuqorida to„pgul hosil
bo„lmaydi.
To„pgul va jingalaklar kelib chiqishi bir xil bo„lgan qismlardir.
O„suv davrining oxirida kurtakdagi boshlang„ich to„pgul va yon bo„rtiqli o„q
ko„rinishda bo„ladi. Bahorda novda o„sa boshlagan vaqtida to„pgul bargchalar bilan
o„ralgan bo„ladi. Novdalar 15-20 sm ga etganda to„pgullar sezila boshlaydi.
To„pgullar monopodial rivojlanadi. Markaziy o„qdan 3-4-tartib shoxlar chiqadi.
Ular asosida kuchli rivojlanadi va Shuning uchun to„pgullar ko„p hollarda konussimon
shaklda bo„ladi. Lekin, boshqa-silindrsimon shaklda, yumaloq, har tomonga
shoxlangan shakllarda ham uchraydi. To„pgulning pastki shoxlari (to„pgulning qanoti)
zaif rivojlanadi, kam gulli bo„ladi. Ba‟zan, u shingilni ushlab turish uchun jingalak
vazifasini o„taydi.
To„pgulning o„qlari uchtadan bo„lib to„plangan shona bilan tugaydi. Ularning
markazdagisi yonidagilarga qaraganda kuchli rivojlangan. Bitta to„pgulda o„rta hisobda
200 dan 1500 tagacha shona bo„ladi.
Tokning ekiladigan navlarining ko„pchiligida gullari ikki jinsli bo„ladi. Lekin,
ba‟zi bir xo„raki va vinobop navlari (Nimrang, Kattaqo„rg„on, Charos, Daroi va
Tavkvyeri) ning guli funksional urg„ochidir.
Normal, ikki jinsli gullar
besh qismli tuzilishga ega, ulardan yaxshi rivojlangan
tuguncha va syerpusht changli otaliqlar bo„ladi. Bular o„zidan va chetdan changlana
oladi. Tokning gullari mayda, yashil bo„ladi. Guli ingichka bandda joylashadi.
Kosachasi yaxshi rivojlanmagan, tojbarglari qo„shilib o„sgan, 5-6 tipli bo„ladi.
Gultojisi qo„shilib ketgan 5-6 tojbargdan iborat, bular gulning ichki organlarini
gul ochilguncha bekitib turadigan qalpoqcha hosil qiladi. Gul ochilishi paytida
qalpoqcha tushib ketadi, bu otaliqlarning to„g„rilanishi, tojbarglarning tekis o„smasligi
va xalqasimon naychalarning tez o„sishi tufayli ro„y beradi.
Gultoj-qalpoq tushib ketgandan so„ng, otaliq changdonlari yoriladi, changlar shu
gulning
onalik tumshuqchasiga tushadi, so„ngra changdonlar tashqi tomonga buriladi
va changlar shamol yordamida boshqa tomonga tarqaladi. Bu vaqtda onalik
27
tumshuqchasidan suyuqlik ajraladi. Bu suyuqlik tushgan chang naycha holida o„sib,
onalik ustunchasi orqali urug„kurtakka va murtak xaltasiga kiradi. Bu yerda generativ
yadro tuxum xujayra bilan qo„shiladi.
Changdonlar ko„pincha qalpoqcha ostida yoriladi, bunda qat‟iy o„zidan
changlanish ro„y beradi. Lekin, gul changdonlar yorilishi bilanoq, ochilgani sababli
changlanish va urug„lanish protsessi ochilgan gulda o„tadi.
Funksional urg„ochi gullarning yaxshi rivojlangan onaligi, qisqa yoki qalpoqchasi
tushib ketgandan so„ng, pastga egilib turadigan otalik ipi bo„ladi. Bularning changi
naslsiz (styeril), uchlari har xil shaklda bo„ladi. Funksional urg„ochi
gulli navlar
chetdan changlanishni talab qiladi. Agar bunday gulli ikki jinsli navlarning changi bilan
changlanmasa, ular to„kilib ketadi yoki mayda-partenokarpik, urug„siz meva beradi.
Natijada uzumning g„ujumlari maydalashib, hosil kamayib ketadi hamda uning sifati
pasayadi. Binobarin, funksional urg„ochi gulning changi normal urug„lantirish
xususiyatiga ega emas, lekin u meva po„stining rivojlanishini tezlashtiradi va urug„siz
mayda g„ujum hosil bo„lishiga olib keladi (hususiy partenokarpiya).
Tokning Erkak gullarida onalik rivojlanmagan, ustunchasiz va tumshuqchasiz
bo„ladi, otaliklar ko„p bo„lib, to„g„ri rivojlangan,
changlari huddi ikki jinsli
gullarnikidek shaklda. Erkak tip gullar tokning yovvoyilarida va ularning duragaylarida
uchraydi. Erkak gulli o„simliklarning katta to„pguli bo„ladi, ammo meva bermaydi.
Gul tugunchalari meva-g„ujum bo„lib rivojlanadi. G„ujum meva bandidan
uzilgandan so„ng, uning o„rnida naysimon tolalar bog„lami ko„rinadi. To„pguli uzum
boshi bandiga, shoxlangan to„pgul o„qi gultojga aylanadi. Uzum boshining bandi qisqa
va uzun bo„ladi.
Uzum boshining shakli va uning zichligi gultojning shoxlanishi darajasi va
g„ujumlar soniga bog„liq bo„ladi. Uzum boshlari silindrsimon, silindr-konussimon
shaklda, bo„lakchali shoxlangan bo„ladi. Ular zich, o„rta va g„ujumlar kesilgan hamda
deformatsiyalanganda, juda zich, bo„sh, juda bo„sh bo„lishi mumkin.
Mevasining asosiy qismini meva eti (mezokarpiy) tashkil etadi. Uning xujayralari
yirik, yupqa devorli, qand moddasi ko„p bo„lgan xujayra shirasi bilan to„lgan yirik
vakuolalari bor. Meva etining uruqqa yopishgan ichki qismi (endokarpiy) markaziy
qism deyiladi.
Naviga va parvarish qilish sharoitiga qarab g„ujumlar yumaloq, oval, cho„ziq,
uzunchoq
va hokazo shaklli, o„lchamiga ko„ra yirik, o„rta va mayda bo„ladi. G„ujum
o„sishi davrida yashil rangli va og„izchali bo„ladi. Uning po„st xujayralarida xlorofill
bor, Shuning uchun ularda fotosintez protsessi boradi. Pishish davriga kelib fotosintez
qobiliyati keskin pasayadi. Pishgan g„ujum naviga qarab har xil rangli: oq, pushti, qizil,
kul rang, qora va shu ranglar orasidagi o„tkinchi rangda bo„ladi.
28
Uzumning urug„i mayda, noksimon shaklda, yuqori qismi yumaloq va pastki
qismi tumshuqqa o„xshab cho„zilgan bo„ladi. Tashqi tomondan pishiq po„st bilan
qoplangan. Bu po„st tagida endospyerm va murtak bo„ladi. Endospyerm urug„ unib
chiqayotgan vaqtda murtak foydalanadigan oziq moddadir. Agar, barcha urug„kurtaklar
urug„lansa, mevada 4 ta urug„, lekin ko„pincha 2-3 ta urug„ bo„ladi, Chunki barcha
urug„ kurtaklar urug„lanmaydi. Urug„siz mevalar ham uchraydi, bu tugunchaning
urug„lanishi va murtak xaltachasining rivojlanish xarakteriga bog„liq.
Dostları ilə paylaş: