24
3.2.Tok yer ustki qismlarining tuzilishi va rivojlanishi
Tayanch iboralar - Tokning yer ustki qismlari, tana (shtamb), tok tupi,
kallaksimon, kosasimon, ko„p novdali elpig„ichsimon shakl, kundasi, qo„llari, ko„p yillik
novdalari, bir yillik novdalari, barglari, jingalaklari, gul to„plami, chang naycha,
funksional urg„ochi gul, uzum boshlari, mevasi, urug„i.
Tokning yer ustki qismi tana (shtamb) va uning har xil yoshdagi novdalari hamda
bir yillik novdalaridan iborat bo„ladi. Uning ko„p yillik qismlari tok tupining asosini
tashkil etadi. Tabiiy sharoitda tok tupi nisbatan ingichka va uzun 20-30 sm, yo„g„onligi
30-40 mm bo„ladi. Tokka odatda 10 sm dan 2 m gacha bo„lgan kichik tup shakli beriladi,
shakl byerilmaganda esa uning asosiy novdalari tuproq yuzasida joylashadi.
Tupning asosiy ko„p yillik novdalari, zang tarqalgan qismi kunda deyiladi. Yosh
tuplarda kunda deyarli sezilmaydi, Chunki keyinchalik zang hosil bo„ladigan rudalar har
xil balandlikda joylashadi.
Tupning Yoshiga qarab, rudalar taxminan bir tekislikda
joylashadi va kunda hosil qiladi. Bu kunda tup qariganda juda yo„g„onlashadi va
kallaksimon, kosasimon hamda ko„p novdali elpig„ichsimon shakl berilgan tuplarda
yaxshi seziladi.
Kalta zangni
har yili kesish hisobiga, ularning uzunligi doim oshirib boriladi va
ularda bir yillik novdalar rivojlanadi.
O„rinbosar butoq 2-3 ta kurtak qoldirib kesilgan novdalar bo„lib, bu kurtaklardan
kelgusi yil uchun novdalar o„sib chiqadi. Ulardan 1-2 tasi hosil beruvchi madang
(kelgusi yili hosil novdalari chiqadigan novdalar), bittasi esa yana o„rinbosar butoq
uchun qoldiriladi. Yoshartiruvchi butoq zangning asosiga
yaqin joyda yoki tanada
qoldiriladi. U qariyotgan yoki juda uzun zangni sekin-asta almashtirish uchun xizmat
qiladi.
15-20 ta kurtak qoldirib kesilgan, pishgan bir yillik novda hosil novdasi (madang)
deb ataladi.
Yashil novda tokning o„sayotgan yoki o„sishini tamomlagan,
bargli bir yillik
qismidir. Pishgan novda ham xuddi shunday, lekin yog„ochlashgan va barglari kuzda
tushib ketgan bo„ladi.
Tokning to„pgul yoki shingilli yashil novdasi hosil novdasi deyiladi.
U shu yili
hosil beradi. To„pgulsiz novda mevasiz novda deyiladi. Yer osti poyasidan o„sib
chiqadigan novdalar bachki novdalar tupning qari qismlaridagi yashirin kurtaklardan
rivojlangan novdalar ham bachki novdalar deyiladi.
Barglarning poyaga birikkan joyi bo„g„im deyiladi. Novdaning ikkita qo„shni
bo„g„imi orasidagi qism bo„g„im oralig„i deyiladi.