4 .
TOK EKININI KO„PAYTIRISH VA TOK KO„CHATZORINI TASHKIL QILISH 4.1. Tokni ko„paytirish usullari Tayanch iboralar - Tokni ko„paytirish, urug„idan, vegetativ yo„l bilan, qalamchasidan, parxish, payvand yo„li bilan, ona tokzorlar, qalamcha tayyorlash, saqlash, ko„chatzorga qalamchalarni ekish, parvarishlash, ko„chatlarni saqlash, tokzorga ekishga tayyorlash. Tok ekini urug„idan va vegetativ yo„l bilan ko„paytiriladi. Ishlab chiqarishda tok
asosan vegetativ yo„l bilan (qalamchasidan, parxish yo„li bilan va payvand)
ko„paytiriladi. Urug„idan ko„paytirilganda tok ekini sekin o„sib, sekin rivojlanadi,
hosilga kech kiradi (7-8 yilda) va o„tgan avlodlarining belgi va hususiyatlarini
yo„qotadi. Shuning uchun, bizning sharoitimizda ishlab chiqarishda faqat vegetativ
yo„l bilan, qalamchasidan ko„paytiriladi.
O„zbekiston sharoitida qalamchalar asosan xo„jalik ahamiyatiga ega bo„lgan
uzumzorlarda etishtiriladi, bunda ko„pincha bir maydonga juda ko„p navlar
joylashtiriladi. Bir gektar tokzordan odatda 10-15 ming ta qalamcha tayyorlanadi. Har
qanday tokzorlar qalamcha tayyorlanadigan asosiy joy bo„la olmaydi, Chunki sifatli
ko„chat tayyorlash ishini og„irlashtiradi va murakkablashtiradi, Shuningdek tok
ko„chatlarini to„la ta‟minlay olmaydi. Shuning uchun, ko„chat etishtirish bilan
shug„ullanadigan xo„jaliklarda sof nav qalamcha tayyorlanadigan tokzorlar butun
o„suv davri davomida e‟tiborda bo„lishi lozim.
Qalamcha tayyorlanadigan tokzorlar butun o„suv davri davomida suv bilan
yaxshi ta‟minlanishi mumkin bo„lgan joylarda barpo etilishi lozim.
R.R.Shredyer nomidagi O„zbekiston BUVIIBning Samarkand filiali tavsiyasiga
ko„ra (R.R.Soldatov), qalamcha tayyorlanadigan tokzorlar agrotexnikasi quyidagicha
bo„lishi kerak: tok tuplarining oziqlanish maydoni 2,5x2,5 m bo„lishi lozim. Tok
o„stirish usuli-5 qator simli, balandligi kamida 3 metr bo„lgan vertikal simbag„azga
olishdan iborat. Tok tupiga ko„p zangli elpig„ichsimon shakl beriladi. Novdalari 3-5 ta
kurtak qoldirib kesiladi. Tokni kesishda 140-150 ta kurtak qoldiriladi. To„pgul paydo