Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


-rasm. Zamonaviy intensiv tokzorni barpo qilinishi



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127
5-rasm. Zamonaviy intensiv tokzorni barpo qilinishi
6-rasm. Ekish uchun tayyor 
kuchatlarning ko„rinishi 


45 
Umuman ko„chatlarni kuzda ekish maqsadga muvofiq, lekin qishda qor va yomg„ir 
suvlari ko„llab qoladigan sug„orish imkoniyati bo„lmagan maydonlarda bahorda ekish 
lozim. 
Ekish uchun standart bo„lgan sog„lom ko„chatlarni tanlash kerak. Saqlanayotgan 
joydan kovlab olingan, bir kunda ekishga mo„ljallangan ko„chatlar o„tqazilishidan bir 
kun oldin yangilanishi uchun bir necha soat suvga solib qo„yiladi. Agar ko„chatlar 
boshqa xo„jalikdan olib kelingan va bir oz qurib qolgan bo„lsa, ularni 2-3 kun suvda 
saqlash lozim. So„ngra ko„chatning asosidagi pastki ikkita bo„g„imdan rivojlangan 
ildizlar 10-15 sm gacha qisqartiriladi, qolganlari tok qaychi bilan kesib tashlanadi. 
Qoldirilgan novdalarning har biri 2-3 ta kurtagidan kesib qisqartiriladi. Kesish vaqtida 
ko„chatlarning sifati tekshiriladi, qurib qolganlari (eskilari), kasallangan, nimjonlari, 
shikastlanganlari yoki standart talablariga javob bermaydiganlari brak qilinadi. Kesib 
olingandan so„ng ko„chatlar nam tuproqga ko„miladi. 
O„tqaziladigan kuni ko„chatlar ekish joyiga eltib beriladi, bunda ular qurib 
qolmasligi kerak, buning uchun esa ustiga ho„l qop yoki brezent yopib qo„yiladi. Bu 
yerda ham ular yer yuzasiga bir-ikkita kurtak qoldirib nam tuproqga ko„miladi. Bevosita 
o„tqazishdan oldin ko„chatlar ildizi suv,tuproq va mol go„ngidan tayyorlangan 
aralashmaga (bo„tqaga) botiriladi. Bu ildizlarni qurib qolishdan saqlaydi. 
Tok ko„chatlari qo„lda, yarim mexanizatsiya va mexanizatsiya yordamida ekiladi. 
Agarda qo„lda ekilsa 1 gektarga ko„chat ekish uchun 50 kishi kuni, yarim mexanizatsiya 
yordamida ekilsa 8 k/kuni, mexanizatsiya yordamida ekilsa 2 kishi kuni sarflanadi. 
Lekin, O„zbekiston sharoitida yilma-yil tokzorlar barpo etilib, ham sifatli, ham xatosi 
kam bo„lishi uchun asosan qo„lda ekiladi. 
Ko„chatlar to„g„ri va sifatli ekilsa ularning ko„karishi 95-98% ni tashkil qiladi. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin