TURLI ORGANIZMLARDA QONNING MIQDORI,
TARKIBI VA UMUMIY XUSUSIYATLARI
Qon-tiniq bo‘lmagan qizil rangdagi sho‘rtak ta’mli yopishqoq
suyuqlik, bo‘lib ikki qismdan: plazma va shaklli elementlar eritrositlar,
leykositlar va trombositlardan iboratdir.
Qonning miqdori va tarkibi tinimsiz o ‘zgarib tursada, lekin har bir
turga xos bo‘lgan nisbatan doimiyligi bilan ajralib turadi.
Qonning
miqdori, tuzilishi va shaklli elementlaming miqdori, plazmaning
ximiyaviy tarkibi turli turdagi hayvonlarda bir xil emas.
Qonning miqdori uning gavda og‘irligining o‘rtacha 7 % ini tashkil
etadi va 5-9 % gacha o ‘zgarib turadi, otlarda - 9,8 %, qoramollarda - 8,0
%, qo‘ylarda - 8,2 % va cho‘chqada - 4,6 %.
Normal sharoitda odamlarda tinchlik
paytida qon ikki qismga
bo‘linadi. Urtacha 40-50 % umumiy qonning bir qismi tananing barcha
qismidagi qon tomirlari bo‘ylab harakatda bo‘ladi va aylanib yuruvchi qon
deb ataladi, qolgan qismi esa depolarda saqlanadi - depolarda saqlanib
turuvchi qonlami tashkil etadi.
Tana haroratining k o ‘tarilishi, jismoniy ish bajarish,
nafasning
qisishi, havo yetishmasligi, kuchli diqqatlanish - emosiya, adrenalin
gormonini qonga kiritilishi depolarda saqlanuvchi
qonning chiqarilishi
hisobiga, ayl&nib yuruvchi qon miqdorining ortishini chaqiradi.
Depolarda saqlanuvchi qon taloq, jigar va teriosti kletchatkasi
kapillyarlarida jamlangan bo‘lib deyarli aylanib yuruvchi qon bilan
qo‘shilmaydi.
Hisoblashlarga ko‘ra taloqda 16 %, jigarda 20 %,
terida esa umumiy
qonning
10
% saqlanadi.
Depolarda saqlanuvchi qonning ahamiyati shundan iboratki, qonning
depolarda saqlanishi tufayli aylanib yuruvchi qonning miqdori kamayadi,
natijada organizm tinch paytida yurakka tushadigan yuklama kamayadi.
Qon yo‘qotish paytlarida va yuqoridagi holatlarda zarur bo‘lib
qolgan
vaqtlarda reflektor ravishda depo qonlarini aylanib yuruvchi qonga
chiqarilishi kuzatiladi, bu esa uning miqdorini oshishiga sabab bo‘ladi.
Shuni hisobga olish zarurki, depolardagi qonlar mexanik sabablarga
ko‘ra va plazmadan to ‘qimalarga undagi suvning so‘rilishi
hisobiga
aylanib yuruvchi qonga nisbatan shaklli elementlaming miqdori ko‘p
bo‘ladi. Masalan, taloqdagi qon tarkibidagi eritrositlar soni aylanib
yuruvchi qonga 3:2 nisbatda bo‘ladi.
Shu sababli ham, depolarda saqlanuvchi qonning umumiy qon
aylanish tizimiga tushishi faqatgina mutloq jihatdan ortishni chaqirmasdan,
73
balki nisbiy jihatdan ham qonda eritrositlar va gemoglobin miqdorini ham
oshishini ta’min etadi.
Qisqa muddatga suyuqliklaming
organizmga tushishi umumiy
qonning miqdorini oshiradi. Qaysiki ichaklardan suvni qonga o‘tishi
kuzatiladi. Organizmga suvni tushishi chegaralanganda, ayniqsa, qon
yo‘qotilganda qisqa muddatga umumiy qon miqdori kamayadi.
Aylanib yuruvchi shaklli elementlarga nisbatan qonning miqdorini
juda tez kamayishi organizm uchun juda xavfli,
chunki bu paytda qon
bosimi pasayib ketadi.
Katta miqdordagi qonning sekin yo‘qotilishi, kichik miqdordagi
qonning tez yo‘qolishidan ko‘ra xavfsizdir. Sekin-asta yo‘qotiladigan 2/3
qism eritrositlar hayot uchun xavfsizdir. Barcha qonning 1/3-1/2 qismini
arterial qon yo‘qotilishi o‘limga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: