Biokimyo va molekulyar biologiya


Nafas olish zanjirida fosforlanish uch nuqtasining joylashuvi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Nafas olish zanjirida fosforlanish uch nuqtasining joylashuvi 
(lokalizatsiyasi)
 
Strelka yordamida vodorodning donor-substratlari va elektron ko‗chirilishini 
bloklaydigan maxsus ingibitorlar (1,2,3) joylashgan qism, shuningdek, ATF 
sintezi yuz beradigan joylar ko‗rsatilgan. 
 
Ingibitorlar (rotenon, aminobarbital, antimitsin A, sianid)dan foydalanish 
asosida o‗tkazilgan tajribalar nafas olish zanjiri fermentlariga oid bu taxminni 
to‗liq tasdiqladi. Elektronlarni FADH
2
orqali qisqaroq yo‗l bilan ko‗chirilishi 
natijasida faqat 2 molekula ATF hosil bo‗ladi. Nafas olish jadalligi ATF/ADF 
nisbati orqali boshqariladi. Bu nisbat ko‗rsatkichi qanchalik kichik bo‗lsa, nafas 
olish shuncha jadal bo‗lib, ATFning hosil bo‗lishi shuncha kuchayadi. ADF 
konsentratsiyasining o‗zgarishi tufayli nafas olish jadalligining o‗zgarishi 
nafas 
olish nazorati
deb yuritiladi.
Barcha to‗qimaviy nafas olish fermentlari nafas olish zanjiri katalizatorlarini 
komponentlari hisoblanib, ular asosan mitoxondriyalar, aniqrog‗i ularning ichki 
membranalari bilan bog‗langanligi ko‗rsatib berilgan. Nikotinadenindinukleotidli 
kofermentlar va uch karbon kislotalar siklining ba‘zi fermentlari mitoxondriyaning 


169 
matriksi bilan, metalloflavoproteinlar, ubixinon (KoA) va sitoxromlar esa ichki 
membranining lipid tuzilmalari bilan bog‗langan. 
Nafas olish katalizatorlarining muhim funksiyasi, elektronlarni nafas olish 
substratlaridan kislorodga ko‗chirish bilan birga, ajralib chiqqan energiyaning bir 
qismini 
makroenergetik 
birikmalarning 
fosfat 
bog‗lanishlari 
tarzida 
akkumulatsiyalashidir. NADH
2
dan ekvivalent elektron juftligi juftini molekulyar 
kislorodga ko‗chirishda tizimning erkin energiyasining pasayishi 220 kDJ (52,7 
kal) ga teng bo‗ladi, ADF va H
3
PO
4
dan ATF hosil bo‗lishining standart erkin 
energiyasi (ya‘ni ADF + H
3
PO
4
= ATF + H
2
O) 30,2 kDJ yoki 7,3 kkal atrofida 
bo‗ladi. 
Krebs siklining energiya qiymatiga kelsak, u 12 molekula ATF dan tashkil 
topadi, ulardan 11 molekulasi oksidlanuvchi fosforillanishdan hosil bo‗ladi va bir 
molekulasi substratli fosforillanish yo‗li bilan sintezlanadi.
Bu jarayonning mohiyati shundan iboratki, ATFning hosil bo‗lishi, energiyani 
substratdan fosfat kislota qoldig‗ini ADFga ko‗chirilishi orqali yuz berishidir. 
Biologik oksidlanish va oksidlanuvchi fosforlanish jarayonlari mitoxondriyada 
sodir bo‗lganligi sababli, ularni hujayraning ―energiya stansiyalari‖ deb nomlanadi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin