Biokimyo va molekulyar biologiya


Materiallarni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Materiallarni mustahkamlash uchun savollar:
1. Assimilyatsiya va dissimilyatsiya nima? 
2. Biologik oksidlanish nazariyasining rivojlanishi. 
3. Biologik oksidlanish mexanizmlarini bayon qiling.
4. Biologik oksidlanish energiyasi nima? 
5. Qanday yuqori energiyali birikmalarni bilasiz? 
6. Odamning energiyaga bo‗lgan ehtiyoji qanday? 
7. Energiyaga bo‗lgan ehtiyojning faoliyat turiga bog‗liqligi. 
8. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi oqsillar, karbonsuvlar va yog‗larning 
kaloriya qiymati qanday? 
9. Oziq-ovqat mahsulotlaridan energiyani ajralishi qanday yuz beradi? 
10. Oksidlovchi fosforlanish nima? 
11. Nafas olish zanjiridagi fosforillanish jarayonini tushuntiring. 
12. Hujayraviy nafas olish mexanizmini bayon qiling. 
13. Nafas olish koeffitsiyenti nima? 
14. Karbonsuvlar, yog‗lar va oqsillarning nafas olish koeffitsiyenti qanday? 
15. Makroergetik birikmalar sintezi qanday amalga oshiriladi? 
16. Nafas olish zanjirida elektronlarning ko‗chirilish ketma-ketligi qanday? 
 


170 
9.
LIPIDLAR. ULARNING TUZILISHI, TARKIBI, XOSSALARI VA 
ALMASHINUVI 
 
 
 
9.1. Lipidlarning umumiy tavsifi 
Lipidlar bu-yuqori molekulyar organik moddalar hisoblanib, hayvonlar, 
o‗simliklar va mikroorganzmlar hujayralaridan spirt, efir, xloroform, to‗rt xlorli 
uglerod, atseton, benzol, toluol va ksilol kabi qutbsiz erituvchilarda eritib ajratib 
olinadi. Ular barcha tirik organizmlarning hayotida muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. 
Lipidlar hujayra membranalarining asosiy komponentlaridan biri bo‗lib, ularning 
o‗tkazuvchanligiga, hujayralararo o‗zaro 
bog‗lanishlarni yuz berishiga
, nerv 
impulslarining o‗tkazilishiga
ta‘sir etadi. Lipidlarning boshqa funksiyalari 
jumlasiga energetik zaxira hosil qilish, hayvonlar va o‗simliklarning nam va 
issiqlikdan himoya qoplamini shakllantirish, organ va to‗qimalarni mexanik 
ta‘sirlardan himoyalash kiradi. 
Shunday qilib, lipidlar deb qutbsiz organik erituvchilar: efir, spirt, atseton, 
xloroform, to‗rt xlorli uglerod, benzol, toluol h.k.larda erishi bilan umumiy xossasi 
umumlashtiriladigan moddalarga aytiladi. Ular kimyoviy jihatdan glitserin va 
boshqa spirtlarning yuqori molekulyar yog‗ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab 
efirlaridir. Bu biopolimerlar bir-biridan tarkibidagi kimyoviy birikmalarning xillari 
bo‗yicha farqlanadi. Masalan, neytral yog‗lar glitserin, mumlar bir-ikki atomli 
spirtlardan va yuqori molekulyar yog‗ kislotalaridan tashkil topgan bo‗lsa, 
fosfoglitseridlarning tarkibida ulardan tashqari fosfat kislota qoldig‗i va bironta 
azotli (xolin, etanolamin, serin) asos yoki siklik spirt-inozitol uchraydi. 
Sfingomielinlar tarkibida sfingozin spirti qatori yog‗ kislotasi, azotli asos, fosfat 
kislota, ba‘zan galaktoza, glyukoza, ularning hosilalari bo‗ladi. Sterin va steridlar 
esa siklopentanpergidrofenantren halqasining hosilalari hisoblanadi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin