01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA
esterazalar ham bo‗ladi.
Fosfolipidlarni parchalanishi qator fosfolipaza ‒ A
1
, A
2
, C, D lar va
lizofosfolipazalar tomonidan amalga oshadi. Fosfolipaza A
1
1-o‗rindagi bog‗ni
gidrolizlasa, fosfolipaza A
2
2-o‗rinda joylashgan bog‗ni gidrolizlaydi. Fosfolipaza
A
2
pankreatik
shiradan tashqari reptiliyalar, arilar, chayonlar, chumolilarning
zaharlari tarkibida ham bo‗ladi. Lizofosfolipaza 1-o‗rindagi bitta murakkab efir
bog‗ni gidrolizlaydi va uni tegishli glitserofosforil hosilaga aylantiradi. Fosfolipaza
C
fosfat kislota va glitserin o‗rtasidagi bog‗ni gidrolizlaydi. Fosfolipaza D qutbiy
X-guruhning uzilishini katalizlaydi. Steridlar xolinesterazalar ta‘sirida xolesterol
yoki ergosterollar va tegishli yog‗ kislotalarini hosil bo‗lishi bilan kechadigan
reaksiyalarni katalizlaydi.
Gidroliz natijasida hosil bo‗lgan aralashma tarkibida yaxshi emulsiyalangan
yog‗ kislotalarining tuzlari va sovunlarning anionlari, mono-, di- va triglitseridlar,
glitserin, xolin, etanolamin va boshqalar bo‗ladi. Ovqat mahsulotlari tarkibidagi
yog‗larning 40 % to‗lig‗icha glitserin va yog‗ kislotalarigacha gidrolizlanadi, 3-10
% gacha qismi gidrolizsiz triglitseridlar holatida so‗riladi, qolgani asosan, 2-
monoatsilglitserinlargacha gidrolizlanadi. Glitserin va kalta zanjirli yog‗
kislotalari ichaklardagi qon aylanipshini portal tizimi orqali jigarga kiradi
Uzun zanjirli yog‗ kislotalarining ichakdan qonga so‗rilishi uchun o‗t
kislotalari bo‗lishi kerak. O‗t kislotalarining yog‗ kislotalarni tashilishidagi
ishtirok etish qobiliyati ularning sirttaranglik faolliklari tufayli monoatsillar va
sovunlar bilan misella hosil qiluvchi xususiyatlariga bog‗liq. Ichakdagi pH muhiti
kuchsiz ishqoriy shu sababli o‗t kislotalari tuz shaklida bo‗ladi va shu sharoitda
ular funksional faollikka ega bo‗ladi. Lipidlar tana harorati sharoitida suyuq
bo‗lgan sharoitda tez hazmlanib, yaxshi so‗riladi. Fosfat kislota tuz shaklida
so‗riladi, azotli asoslar esa nukleotidlar (SDF) ishtirokida so‗riladi. Resintezlangan
triglitseridlar, fosfolipidlar, xolesterin va uning efirlari ichakning epitelial
hujayralarida oqsillar bilan birikib xilomikronlar (XM) hosil qiladi. Ularning
zarrachalarini kattaligi yirik (100-5000 nm) bo‗ladi, shuning uchun qon
kapellarlariga o‗tolmaydi va ichakning limfa tizimiga diffuziyalanadi, u yerdan
ko‗krak limfasi orqali qon oqimiga o‗tadi. XM qon plazmasidan jigarning hujayra
oraliq bo‗shlig‗iga erkin diffuziyaladi.