Biokimyo va molekulyar biologiya


Degidrogenlanishning birinchi bosqichi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Degidrogenlanishning birinchi bosqichi.
Mitoxondriyalarda Atsil-KoA, 
avvalo, degidrogenlanadi; bunda Atsil-KoA α- va β- o‗rindagi ikki atom vodorodni 
yo‗qotib to‗yinmagan yog‗ kislotasini Atsil-KoA efiriga aylanadi:
Bir necha xil tarkibida atsil-KoA-larning uzunligiga mos holdagi FAD-
tutuvchi maxsus atsil-KoA-degidrogenazalar uchraydi.
Gidrotatsiya bosqichi. 
Enoil-KoA enoil-KoA-gidrataza ishtirokida bir 
molekula suvni biriktirib olib β-oksi-atsil- KoA ga aylanadi: 


188 
Degidrogenlanishning ikkinchi bosqichi. 
Hosil bo‗lgan β-oksi-atsil-KoA 
degidrogenlanadi, reaksiyani NAD-tutuvchi degidrogenaza katalizlaydi: 
 
Tiolaza reaksiyasi. 
Oldingi reaksiya mahsuloti koenzimom A bilan 
ta‘sirlanadi, natijada ikkita karbon atomiga kaltalashgan atsil-KoA va ikki karbonli 
atsetil-KoA hosil bo‗ladi:
Hosil bo‗lgan atsetil-KoA uch karbon kislotalar siklida oksidlanadi, ikkita 
karbon atomiga kaltalashgan atsil-KoA ko‗p karra β-oksidlanishga duch keladi va 
oxirida butiril-KoA ga, keyin u ham ikki molekula atsetil-KoA ga aylanadi. 
Masalan, palmetin kislotada oksidlanish sikli 7 marta takrorlanadi. Shunday qilib, 
palmetin kislotaning β-oksidanishini yig‗indi tenglasi quyidagicha bo‗ladi: 
Palmitoil-KoA + 7FAD + 7NAD + H
2
O + 7HS-KoA → 8Atsetil-KoA + 
7FADH
2
+ 7NADH



189 
 
Energiya balansi. 
β-oksilanishning har bir siklida 1 molekula FADH
2
va 1 
molekula NADH

hosil bo‗ladi. Ular nafas olish zanjirida oksidlanish jarayonida 
va u bilan bog‗langan holdagi fosforlanish yo‗li bilan: FADH

(KoQ orqali) 
ATFning 2 molekulasini va NADH

esa ATFning 3 molekulasini beradi, ya‘ni bir 
siklda jami ATFning 5 molekulasi hosil bo‗ladi. Palmitin kislota bilan β-
oksidlanish 7 siklda bo‗lgani sababli jami 5×7=35 ATF molekulasi hosil bo‗ladi. 
Shuningdek, bu jarayonda 8 molekula atsetil-KoA uch karbon kislotalar siklida 
yonib, 12 molekuladan ATF hosil qiladi, 8 molekulasi esa, 12×8=96 ATF 
molekulasini hosil qiladi. Shunday qilib, palmetin kislotaning to‗liq 
oksidlanishidan jami 35+96=131 ATF molekulasi hosil bo‗ladi. Lekin dastlab 
palmetin kislotani faollash uchun ATFning 1 molekula energiyasi sarflanganligi 
sababli, aslida hayvon organizmida palmetin kislotaning oksidlanishidan 131 – 1 = 
130 ATF molekulasi hosil bo‗ladi. Bir molekula palmetin kislota yonish natijasida 
9797 kkal energiya hosil qiladi, uning 45 % ATF sintezi uchun foydalanilsa, 
qolgan qismi issiqlik tarzida sochiladi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin