Biokimyo va molekulyar biologiya


Yog‗ning qondan to‗qimaga o‗tish jarayonini izdan chiqishi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Yog‗ning qondan to‗qimaga o‗tish jarayonini izdan chiqishi. 
Bunda qon 
lipoproteinlipazasi faolligi past bo‗lishi (triglitserinlarning parchalanmasligi) 
tufayli yog‗ kislotalarning qon plazmasi xilomikronlaridan yog‗ to‗qimasiga o‗tishi 
izdan chiqishi mumkin. Bu ko‗pincha irsiy kasallik sifatida uchraydi, bunda qon 
plazmasi lipoproteinlipazasi faollikka ega bo‗lmaydi, natijada xilomikronlarning 
miqdori oshib ketadi va qon plazmasi sut rang bo‗lib qoladi.
 
Ketonemiya va ketonuriya. 
Sog‗lom odamning qonida keton (atseton) 
tanachalar juda past konsentratsiyada uchraydi. Lekin och qolganda va kandli 
diabetning og‗ir shakliga chalingan odamlarda keton tanachalarning qondagi 
miqdori 20 mmol/l gacha oshib ketishi mumkin. Bunda keton tanachalarning 
siydik tarkibidagi miqdori keskin oshib ketadi 
(ketonuriya)
va bu kasallik holatini 
ketonemiya 
deyiladi
.
Agar sog‗lom odamda bir kecha-kunduzda siydik bilan 40 
mg keton tanachalari ajralsa, qandli diabetda 50 g va hattoki, undan ham ko‗p 
ajralishi mumkin. 


193 
Materiallarni mustahkamlash uchun savollar:
1. Qanday moddalarga lipidlar deyiladi? 
2. Kimyoviy jihatdan lipidlar sinflari qanday farqlanadi?
3. Lipidlarning biologik ahamiyati. 
4. Lipidlarning nomlanishi va klassifikatsiyasi.
5. To‗yingan va to‗yinmagan yog‗ kislotalari haqida ma‘lumot bering.
6. Qanday moddalarni neytral yog‗lar deyiladi? 
7. Mumlarning tuzilishi, funksiyalari va xossalari. 
8. Fosfoglitseridlarning tuzilishi, xossalari.
9. Sfingomielin, serebrozid, gangliozidlarning tuzilishi, xossalari.
10. Sterinlar. Tuzilishi, xossalari, funksiyalari.
11. Lipidlarning ovqatlanishdagi ahamiyati. 
12. Lipidlarning hazmlanishi va so‗rilishi. 
13. Yog‗larni hazmlanishida o‗t kislotalarining roli. 
14. Lipidlarning almashinuvi. 
15. Lipid almashinuvining boshqariluvi. 
16. Palmetin kislotaning β-oksidlanishini energiya balansi. 
17. Lipid almashinuvining izdan chiqish holatlari. 
18. Lipidlar almashinuvining boshqarilishida gormonlarning roli.
19. Yog‗larning hazm bo‗lishi va so‗rilishining izdan chiqishi. 
20. Ketonuriya va ketonemiya. 
21. Yog‗larning gidrolizi, uning bosqichlari. 
22. Yog‗larning biosintezi, uning bosqichlari.


194 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin