Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
 
9.5.5. Lipidlar almashinuvini boshqarilishi va uni izdan chiqishi. 
Lipid almashinuvining izdan chiqishi
. Eng avvalo, lipidlar almashinuvi 
markaziy asab tizimi (MAT) tomonidan boshqariladi. Bosh miya po‗stloq qismini 
keyingi bo‗limlari orqali yoki endokrin tizim orqali yog‗ to‗qimasiga trofik ta‘sir 
ko‗rsatiladi. Yog‗ almashinuvini boshqariluvida ishtirok etadigan gormonlardan: 
katexolaminlar, 
glukagon, 
tiroksin, 
glukokortikoidlar, 
STG, 
AKTG, 
prostaglandinlar, insulin va boshqalarni qayd etish mumkin, shuningdek, stress, 
jismoniy harakat, och qolish, sovuq qotishlar ham katexolaminlar va insulinning 


192 
sekretsiyasiga ingibirlovchi ta‘sir ko‗rsatadi va shu mexanizm orqali ham 
boshqariluv yuz berishi mumkin. 
 
Albatta, boshqa gormonlar ham lipidlar almashinuviga ta‘sir etadi. Masalan, 
hayvonlarni bichish (kastratsiya) ularning organizmida yog‗ni ko‗p miqdorda 
yig‗ilishiga va semirishiga olib keladi. Lipid almashinuvining izdan chiqishi 
yog‗larning hazm bo‗lishi va so‗rilishi paytidanoq boshlanishi mumkin. Bundan 
tashqari, lipidlar almashinuvining buzilishi oshqozon-ichak kasalliklari tufayli ham 
bo‗lishi mumkin. Bunda qondagi lipoproteinlipazaning faolligi yetarli darajada 
emasligi tufayli yog‗ kislotalarini qon plazmasi xilomikronlaridan yog‗ning zaxira 
(depo)ga o‗tishi izdan chiqadi. Och qolganda, shuningdek, shakarli diabetga 
chalingan bemorlarda keton tanachalarini miqdori keskin oshib ketadi. Bu holat 
ketonemiya 
deyilib, bunda siydik bilan ko‗p miqdorda keton tanachalari ajraladi. 
Lipid almashinuvining izdan chiqish holatlari
. Lipid almashinuvining 
izdan chiqishi yog‗larni hazmlanishi va so‗rilishidayoq boshlanishi mumkin. 
Ulardan biri pankreatik lipazaning kamligi bo‗lsa, ikkinchisi o‗tning ichakka 
yetarli miqdorda chiqmasligidir.
Bundan tashqari lipidlarning hazmlanishi va so‗rilishini izdan chiqishi
oshqozon-ichak yo‗li kasalliklari (enteritlar, gipovitaminozlar va boshqa patologik 
holatlar)da ham yuz berishi mumkin. Bunda reaksiya natijasida hosil bo‗lgan 
monoglitseridlar va yog‗ kislotalari ichak devorlari epiteliyasinini shikastlanganligi 
tufayli ularning so‗rilishi susayadi. Bunda axlat tarkibida parchalanmay qolgan 
yoki so‗rilmay qolgan yog‗ kislotalar ko‗pligi va rangining oqish-kulrang bo‗lishi 
kuzatiladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin