202
epiteliyaning atrofiyasi asta-sekin sperma hosil bo‗lish va jinsiy gormonlar ishlab
chiqarishni to‗xtatishga, jinsiy moyillikning yo‗qolishiga va ikkilamchi jinsiy
belgilarning degradatsiyasiga olib keladi. Avitaminoz E bilan kasallangan
ayollarda homilador bo‗lish qobiliyati saqlanib qoladi, ammo normal
homiladorlikni oxirigacha yetkazish qobiliyati yo‗qoladi. Homila va bachadonning
rezorbsiyasi (so‗rilib ketishi) natijasida homiladorlik oxiriga yetmaydi va o‗z-
o‗zidan abort bilan tugaydi. E vitamini, boshqa vitaminlar singari, oksidlanish-
qaytarilish jarayonlarida ishtirok etishi aniqlandi, shuning uchun E vitamini
yetishmovchiligida organizmning kislorodga bo‗lgan ehtiyoji keskin ortadi.
E vitaminining yetishmasligi karbonsuv, yog‗, oqsil va mineral moddalar
almashinuvini jiddiy ravishda izdan chiqishini keltirib chiqaradi. Tokoferollar 170
° C gacha qizdirishga, kislotalar va ishqorlar ta‘siriga chidamli. E vitaminining
manbayi asosan o‗simlik tabiatli oziq-ovqat mahsulotlaridir. Hayvonlarning
to‗qimalarida doimo ma‘lum miqdorda E vitamini mavjud. Organizmda E
vitaminining asosiy zaxirasi gipofiz, mushak va oshqozonosti bezi hisoblanadi.
Odamning E vitaminiga bo‗lgan kunlik ehtiyoji taxminan 5 mg atrofida bo‗ladi
Dostları ilə paylaş: