Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
10.3. Yog‗da eruvchi vitaminlar 
Yog‗da eruvchi vitaminlar kiruvchi har bir guruh vitaminlar kimyoviy tuzilish 
jihatidan bir-biriga yaqin va bir xil biologik ta‘sirga ega bo‗lgan qator birikmalarni 
o‗z ichiga oladi. Masalan, A guruhi vitaminlari A
1
va A
2
dan; E guruhi vitamini 4 
ta vitamindan, D guruhi vitaminlari esa 10 tadan vitamindan tashkil topadi. Barcha 
yog‗da eruvchi vitaminlarga xos narsa, ularning ichakdan so‗rilishi faqat yog‗ 
ishtirokida yuz beradi, shuningdek, organizmda ba‘zan ko‗p miqdorda yig‗ilishi 
tufayli ularning gipervitaminoz holatlari kelib chiqishi mumkin.
10.3.1. A vitamini (retinol, antikseroftalmik vitamin) 
A vitamini XX asrning boshlarida sabzavot va mevalardan o‗simliklar 
pigmentlari ‒ karotinlarni ajratib olish jarayonida ochilgan. Keyinchalik, karotinlar 
A guruhi vitaminlarining dastlabki mahsulotlari (provitaminlari) ekanligi ma‘lum 
bo‗ldi. A vitamini spirt (retinol) va aldegid (retinal) va kislota (retinon kislota) 
shakllarida uchraydi. A
1
vitamini (retinol) ning tuzilishi quyidagicha: 
A
1
 vitamini (retinol) 
A
2
vitamini A
1
vitaminidan β-ionon halqasida qo‗shimcha qo‗sh bog‗lanish 
mavjudligi bilan farq qiladi: 
A
2
 vitamini 
 
A guruhi vitaminlari yog‗lar va yog‗ni erituvchi eritmalar: atseton, benzol, 
efir, xloroform va boshqalarda yaxshi eriydi. Organizmda ular maxsus fermentlar 
ishtirokida osonlik bilan oksidlanib, tegishli sis- va trans-aldegidlarni hosil qiladi. 


198 
Bundan tashqari, A
1
va A
2
vitaminlari, ikkalasi ham sis va trans shakllarda 
uchraydi va aldegid guruhi mavjudligi sababli retinal deb nomlanadi.
Quyida A
1
vitaminining sis- va trans- shakllari formulalari (sis- va trans- 
retinal) keltirilgan:
 
A vitamini och sariq rangli kristall moddadir. Kislorodsiz sharoitda A 
vitaminini 120-130° gacha qizdirish mumkin, bunda uning kimyoviy va biologik 
xossalari o‗zgarmaydi. Kislorod ishtirokida A vitamin parchalanib ketadi. A 
vitamini bo‗lgan oziq-ovqat mahsulotlarini va bu vitamin preparatlarini saqlashda 
uning bu xususiyatini e‘tiborga olish lozim bo‗ladi. A vitamini organizmning 
jigarida sirka yoki palmitin kislotasining barqaror murakkab efiri shaklida zaxira 
tarzida saqlanishi mumkin. Organizmda A guruhi vitaminlari eng muhim va xilma-
xil funksiyalarni bajaradi. Ularning asosiy ta‘siri epitelial to‗qimalarining me‘yoriy 
holatini ta‘minlash va uning keratinizatsiyasini oldini olishdan iboratdir. Ular 
shuningdek, oqsil va nuklein kislotalarning almashinuvida, qator gormonlarni, 
jumladan, oshqozonosti bezi gormoni ‒ insulinning faollashuvida, organizmda 
kechadigan oksidlanish jarayonlarida ham ishtirok etadi. A guruhi vitaminlari 
ko‗rish jarayonlariga ta‘sir qiladi, uning mexanizmi quyidagicha.
Ko‗rish gavhari ‒ rodopsin tarkibiga opsin oqsili va nooqsil qismi ‒ A 
vitaminining aldegidi retinal kiradi. Yorug‗likda rodopsin tarkibiy qismlargacha 
parchalanib, opsin va retinalni hosil qiladi, ular qaytarilish natijasida yana A 
vitaminiga aylanadi. 
A vitaminining retinalga teskari izomerizatsiyasi jarayoni faqat jigarda sodir 
bo‗ladi, bu yerda jarayonni katalizlashda ishtirok etadigan maxsus fermentlar 
mavjud. A vitamini yetishmaganda ko‗rish sikli izdan chiqadi, ya‘ni retinal va 


199 
opsindan rodopsinning resintezi sodir bo‗lmaydi. A vitamini gipovitaminozida 
gemeralopiya (tungi ko‗rlik, shabko‗rlik) yuz beradi, ya‘ni qorong‗ilikda ko‗zning 
ko‗rish qobiliyati yo‗qoladi.
Gipervitaminoz A uni ortiqcha iste‘mol qilganda paydo bo‗ladi, chunki u 
tanada yig‗ilishi mumkin. So‗nggi paytlarda gipervitaminoz bolalarda tez-tez 
uchraydigan bo‗lib qoldi, chunki A vitaminining sintetik preparatlarini berish 
tufayli ularning organizmdagi miqdorini suni‘y oshirib yuborish holatlari uchrab 
turadi. Uning klinik ko‗rinishlari ko‗ngil aynish, qusish, soch to‗kilishi va 
suyaklarning tez-tez sinib turishi orqali namoyon bo‗ladi. Gipervitaminozning 
oldini olish uchun to‗g‗ri ovqatlanish va A vitaminini iste‘molini jiddiy nazorat 
qilish lozim. 
A vitaminining manbalari sariyog‗, tuxum sarig‗i, dengiz hayvonlarining 
jigari va baliq hisoblanadi. O‗simlik mahsulotlari (sabzavot, mevalar) karotinlarga 
boy bo‗lib, ularning parchalanishi natijasida organizmda A vitamini hosil bo‗ladi. 
Tabiatda karotinning uchta izomeri (α-, β- va γ-karotinlar) mavjud bo‗lib, ular 
odam va hayvonlar organizmida A vitaminiga aylanishi mumkin. β-karotin 
gidrolizida, uning bir molekulasidan ikki molekula A vitamini molekulasi hosil 
bo‗ladi: 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin