Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Ergosterin 
 
 
Vitamin D

(ergokalsiferol) 
D vitaminlari guruhiga kiruvchi barcha moddalar orasida D
2
va D
3
vitaminlarining biologik faolligi eng yuqoridir. D
2
va D
3
vitaminlari rangsiz kristall 
moddalar bo‗lib, 115-117

C gacha qizdirilganda suyuqlikka aylanadi. D vitamini 
biologik roli kalsiyning ichakdan so‗rilishini, fosfor-kalsiy almashinuvini va 
ossifikatsiya jarayonlarini boshqarilishini, tog‗ay to‗qimasini mineralizatsiyasini, 
fosfor va aminokislotalarning buyraklarda reabsorbsiyalanishi (qaytadan 
so‗rilishi)ni ta‘minlashdan iboratdir. Avitaminoz barcha organlar va to‗qimalarda 
UB 


201 
kalsiy va fosforning kamayishi bilan tavsiflanadi. Agar qonda kalsiyning me‘yoriy 
miqdori 9-11 mg %, fosfor esa, 5-7 mg % bo‗lsa, raxitga chalinganda bu 
ko‗rsatkichlar 2-3 baravarga kamayadi. Raxitning rivojlanishi ichakdan kalsiyning 
so‗rilishini izdan chiqishi asosida yuz beradi.
Qondagi 
kalsiy 
miqdorining 
pasayishi 
qalqonoldi 
bezi 
gormoni‒paratgormonning faollashuviga olib keladi. Bu gormon suyaklardagi 
kalsiyni harakatchan qilib qo‗yadi, shuningdek, buyraklarda fosforning qaytadan 
so‗rilish jarayonlarini susaytiradi, bu esa fosforning siydik bilan ko‗p miqdorda 
chiqarilishiga olib keladi. Qondagi fosfor yetishmasligi uni suyaklardan yuvilishi 
evaziga to‗ldiriladi. Jarayonni ishqoriy fosfataza katalizlaydi, uning faolligi raxit 
kasalligida 1,5-4 birlikdan 180 birlik darajasigacha oshib ketadi. Kasal bolaning 
qorni osilib qoladi. Bolada hayajonlanish, qaltiroq paydo bo‗ladi. Bolalar uchun D 
vitaminining kunlik me‘yori o‗rtacha 10-15 mkg ni, kattalar uchun 20-25 mkg ni 
tashkil qiladi. D vitamini manbalari sifatida sarig‗ yog‗, tuxum sarig‗i, baliq yog‗i 
xizmat qiladi. O‗simlik mahsulotlaridan D vitamini o‗simlik moylari (kungaboqar, 
kunjut, paxta chigiti yog‗lari)da yetarli miqdorda uchraydi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin