Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Vitamin A
1
 (retinol) 
α- va γ-karotinlarning gidroliziga kelsak, ulardan bir A vitamini molekulasi 
hosil bo‗ladi. Voyaga yetgan kishining bir kungi A vitaminiga bo‗lgan ehtiyoji 1,5-
2,5 mgni, karotin bo‗yicha esa -3-5 mgni tashkil qiladi. 
10.3.2. D vitamini (kalsiferol, antiraxitik vitamin) 
1650-yilda ingliz shifokori Glisson birinchi bo‗lib, suyak skeletining o‗zida 
shikastlanish bilan bog‗liq bo‗lgan bolalar kasalligini tasvirlab berdi, bu 
ingliz 


200 
kasalligi
yoki 
raxit 
deb nomlandi. Raxit ‒ bu ijtimoiy kasallik hisoblanadi. To‗yib 
ovqatlanmaslik, quyosh nuri kamdan kam tushadigan qorong‗i va nam uylarda 
aholining zich yashashi, raxitning kelib chiqishini asosiy sababidir. Katta yoshdagi 
odamlarda osteomalatsiya-suyaklarning dekalsifikatsiyasi va suyak to‗qimasining 
shakllanishini izdan chiqishi bilan bog‗liq kasallik paydo bo‗ladi. D vitamini 
kimyoviy tuzilishi va biologik faolligi jihatidan farqlanuvchi bir necha xil 
birikmalar shaklida uchraydi. Tabiiy mahsulotlar tarkibida, asosan, D
2
va D
3
provitaminlari, o‗zaro mos holda ergosterol va xolesterinlar bo‗ladi.
1924-yilda A.Gess va M.Vaynshtok va ulardan bexabar holda G.Stinbok 
o‗simlik yog‗laridan ultrabinafsha nur ta‘sirida bolalarda uchraydigan raxitni oldini 
oladigan faol dorivor moddani ajratib oldilar. Bu preparatning faol asosi 
keyinchalik sterin bo‗lib chiqdi va D
1
vitamini deb nomlandi. Keyinchalik
A.Vindaus xamirturushdan olingan ergosterolni ultrabinafsha nur ta‘sirida xuddi 
shu xildagi samaraga ega bo‗lgan faol modda ajratib olgan bo‗lib, uni D
2
vitamini 
deb nomlandi. Darhaqiqat, odamning terisida D
2
vitamini quyidagi reaksiyaga 
muvofiq ultrabinafsha nur ta‘sirida 7-degidroxolesterindan hosil bo‗ladi: 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin