Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

initsiatsiya kodoni 
‒ 
AUG
bo‗ladi va undan 
keyin polipeptid zanjirining N-uchida aminokislotalarga mos keladigan kodonlar 


270 
joylashadi. Oqsil sintezining tugashi signali sifatida UAA, UAG yoki UGA 
kodonlardan birontasi xizmat qiladi. Ushbu turdagi RNK, ya‘ni m-RNK murakkab 
ikkilamchi strukturaga ega bo‗lib, unda oqsil sintezining boshlanishi (inisiatsiya) 
va tugashi (terminatsiya)ga oid ma‘lumotlar dasturi mujassamlashgan.
14.5.4. Ribosomal RNK. Ribosomaning tuzilishi 
Ribosomal RNK ribosomani shakllanishida oqsillarni joylashuvi uchun asos 
hisoblanadi. Hayvonlar va o‗simliklarning r-RNK ning o‗lchamlari bir-biridan farq 
qiladi. Hayvonlarning ribosomalarida 28 S, 18 S r-RNK mavjud. Hayvonlarda 28 S 
r-RNK evolyutsion taraqqiyot shajarasida tutgan o‗rniga mos tarzda har xil turlarda 
kattalik jihatidan farq qiladi; agar uning molekulyar og‗irligi dengiz kirpilarida 1,4 
million Da ga teng bo‗lsa, sutemizuvchilarda 1,75 million Da gacha bo‗ladi. 
O‗simliklar ribosomalarida 25 S, 18 S, ba‘zan esa 16 S r-RNK lar bo‗ladi. 
Nukleotid tarkibi turli xil biologik obyektlardan olingan r-RNK larda 
o‗xshash bo‗ladi, masalan, kalamush jigari va E.coli r-RNK lari o‗zaro 
o‗xshashdir. r-RNK tarkibida miqdoriy jihatdan guanil nukleotidlari ustunlik 
qiladi; uridil va sitidil esa oz va taxminan teng miqdorda uchraydi; psevdouridin va 
metillangan asoslar nihoyatda kam yoki hatto ularning izigina bo‗ladi xolos. 
Ribosomal RNK lar oqsillarning birikishi uchun asos hisoblanib, unga 
oqsillar birikib, zich ravishda o‗ralish asosida ribonukleoproteidni hosil qiladi. 
r-RNK ning ikkilamchi strukturasi ilmoqcha-molekulaning qo‗sh zanjirli 
kalta bo‗lakchalari evaziga hosil bo‗ladi. r-RNK molekulasining taxminan 2/3 
qismi ilmoqchaga aylanadi, molekulaning qolgan qismi purin asoslaridan iborat 
bo‗lib, toq ―amorf‖ qismdan iborat. Ribosomalarning oqsillari, asosan, ―amorf‖ 
qismlarga birikkan bo‗ladi. Oqsillar r-RNK bilan kooperativ ravishda birikadi: 
ularni ribonukleoproteidlar zanjiridan ajratishga uringanda, ular yakka-yakka emas, 
balki guruh holatida ajraladi.
Ribosomalarning oqsil tarkibi geterogendir. Ribosoma oqsillarining 
molekulyar massasi 5000-7000 Da dan 50000-70000 Da gacha bo‗ladi. 
Subbirliklar tarkibidagi oqsillar turli bo‗ladi. Ribosomaning har bir oqsili o‗ziga 
xosligi bilan ajralib turadi, ya‘ni yagona molekula tarzida uchraydi. N-uchidagi 
qoldig‗i bilan farqlanuvchi L7 va L1 hamda o‗zaro bir xil tuzilishli L20 va L26 
oqsillari bundan istisno hisoblanadi. Ribosoma oqsillari, xuddi gistonlar kabi, 
ishqoriy xossaga ega. Turli xil manbalardan ajratib olingan mitoxondriyalarning 
ribosomal oqsillari tarkibi, miqdoriy va sifatiy ko‗rsatkichi jihatdan bir-biridan farq 
qiladi. Mitoxondrial r-RNK sitoplazmatik r-RNK dan va prokariot r-RNK dan 
o‗zlarining birlamchi va ikkilamchi strukturalari bo‗yicha farq qiladi. 
Mitoxondrial r-RNK strukturasi o‗zining ancha po‗k ekanligi, barqarorligini 
pastligi va spirallashgan qismlarini kamligi bilan ajralib turadi. Mitoxondriya va 


271 
xloroplastlarning yirik r-RNK lari prokariotlarnikiga o‗xshash bo‗ladi. Oqsil 
sintezi paytida ma‘lum miqdordagi ribosomalar (3 tadan 80-100 gacha) m-RNK 
ning uzun ipsimon molekulalariga birikib, polisomalarni hosil qiladi. Polisomadagi 
har bir ribosoma to‗liq polipeptid zanjirini sintezlash qobiliyatiga ega.
Ribosomalar guruhlarining shakllanishi m-RNK ning faoliyat samaradorligini 
oshiradi, chunki bunda bir vaqtning o‗zida bir nechta bir xil polipeptid zanjirlari 
sintezlanishi mumkin bo‗ladi. Polisomalar erkin holatda yoki endoplazmatik to‗r 
membranalari bilan chambarchas bog‗langan bo‗ladi. Hujayra ichi oqsillarini 
kodlovchi m-RNK, asosan, erkin polisomalar bilan bog‗langanligi, sekretor 
oqsillarni kodlovchi m-RNK esa membranalar bilan bog‗langanligi aniqlandi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin