Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Ribosomalar
. Elektron mikrofotosuratlarda ribosomalar, taxminan, sferik 
shakldagi zich, yumaloq donachalar sifatida ko‗zga tashlanadi. Hujayradagi 
ribosomalar soni juda ko‗p: ularning soni bakteriyalarda o‗rtacha 10
4
, eukariotik 
hujayralarda 10

bo‗ladi. Ribosomalar, asosan, sitoplazmada, qo‗shimcha ravishda 
yadroda (ayniqsa, yadrochada), mitoxondriyalarda va xloroplastlarda joylashgan 
bo‗ladi. Hajmi va molecular og‗irligiga qarab hozirgacha o‗rganilgan barcha 
ribosomalar uch guruhga bo‗linadi. 
Birinchi
guruh
ga nisbatan kichik bakterial ribosomalar kiradi. Ular kichik 30 
S va katta 50 S subbirliklardan tashkil topgan bo‗lib, sedimentatsiya konstantalari 
70 S va m.o. = 3 x10
6
ga teng. 
Ikkinchi
guruhga eukariotik hujayralarning yirik ribosomalari kiradi. 
Ularning sedimentatsiya konstantalari 80 S m.o. = 4,5x 10
6
ga teng, ular ham ikkita 
‒ kichik 40 S va katta 60 S subbirliklarga ega. 
Uchinchi
guruh eukariotik hujayralarning mitoxondriyalari va xloroplastlari 
ribosomalaridan iborat. Mitoxondrial ribosomalar 70 S sinfiga kiradi. Ammo ular 
turli xil eukariot guruhlarda sedimetatsiya koeffitsiyentlari bilan farq qiladi. 
Mitoxondrial ribosomalarning sedimentatsiya koeffitsiyenti, zamburug‗lar va 
evglenada 70-74 S, yuqori taraqqiy etgan hayvonlarda 55-60 S, yuksak 
o‗simliklarda 80 S, xloroplast ribosomalarning sedimentatsiya koeffitsiyenti esa 
67-70 S ga teng bo‗ladi. 
 
14.6. Nuklein kislotalarning biosintezi va almashinuvi 
14.6.1. Purin va pirimidin nukleotidlarining biosintezi 
Ma‘lumki, purin va pirimidin mononukleotidlari de novo, ya‘ni oddiy 
tuzilishga ega bo‗lgan dastlabki moddalardan, shuningdek, bevosita tayyor purin 
va pirimidin asoslaridan sintezlanishi mumkin. Holbuki, sutemizuvchilarning 
to‗qimalarida nukleotidlar de novo yo‗l bilan sintezlanadi, garchi jadal o‗sadigan 
to‗qimalarda ular ikkala yo‗l bilan ham sintezlanishi mumkin. Bakteriyalarning 


272 
ko‗p turlarini yaxshi o‗sishi va rivojlanishi uchun ozuqa muhitida purin va 
pirimidin asoslarining tayyor molekulalari bo‗lishi zarur. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin