01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA
14.5.3. Matritsa (axborot) RNK si Transkripsiya paytida
matritsa yoki
axborot ‒ m-RNK (a-RNK) hosil
bo‗ladi. U o‗zida DNK ning ma‘lum bir qismida kodlangan genetik
ma‘lumotlarning aniq nusxasini, ya‘ni oqsillardagi aminokislotalarning ketma-
ketligi haqidagi axborotni mujassamlashtirgan. Prokariot organizmlarda
transkripsiya jarayonida birdaniga axborot RNK si (m-RNK) hosil bo‗ladi.
Eukariot hujayralarda transkripsiya jarayonida dastlab, pro-m-RNK hosil bo‗ladi.
Matritsa (axborot) RNK deb nomlanishiga sabab, uning hujayrada bajaradigan
funksiyasidan kelib chiqadi: u ribosomada polipeptid zanjiri sintezlanishi uchun
qolip vazifasini bajaradi. Har bir aminokislota uchun unga mos keladigan ma‘lum
uchlik (triplet) kodon deb nomlangan nukleotidlari bo‗ladi. m-RNK zanjiridagi
kodonlarning ketma-ketligi oqsil tarkibidagi aminokislotalarning ketma-ketligini
aniqlaydi. Aynan, m-RNK oqsilning birlamchi strukturasi haqida irsiy axborot
(informatsiya)ni belgilaganligi sababli, uni ko‗pincha
axborot RNK (a-RNK yoki i-RNK yoki hatto q-RNK) deb atashadi.
Hujayradagi m-RNK miqdori uncha ko‗p emas: u umumiy RNK miqdorining
2-6 % tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda, m-RNK lar molekulyar og‗irligi va
nukleotidlar ketma-ketligi jihatidan sezilarli darajada farq qiladigan har xil turdagi
molekulalardan tashkil topgan bo‗ladi.
RNK ning bu turi oqsillardagi aminokislotalarning ketma-ketligini belgilaydi,
ular
oqsillarni
kodlovchi
sistron-qismlardan
tashkil
topgan
bo‗ladi.
Molekulalarning oxirgi qismida translatsiyalanmaydigan qism joylashadi.
Molekula 5´-uchining boshida presistron qism, keyin kodlovchi zona va undan
ham keyin 3´-uchida postsistron qism joylashadi. Agar m-RNK bitta oqsil sintezini
kodlasa, u monosistron (monogen) m-RNK, agar bir nechta oqsillar sintezini
kodlasa, polisistron (poligen) m-RNK deb yuritiladi. Keyingi holatda uning sistron
oralig‗i qismlari ‒ speyserlar joylashgan bo‗lib, u oqsillarni kodlamaydi.
Barcha eukariot m-RNK larning 5´-uchining tarkibida 7-metilguanozinli
kep (inglizcha, cap-kepka so‗zidan olingan) guruhi joylashgan bo‗ladi. Taxminlarga
qaraganda, kep m-RNK ni stabillashishi uchun zarur, bu uning 5´-ekzonukleazalar
ta‘sirida parchalanib ketishining oldini oladi. Kepning birikish jarayoni
kemping deb nomlanadi. Keyin birinchi kodondan 3-15 nukleotid oldin m-RNK ning 5´-
uchiga keyingi qismda m-RNK ning ribosoma bilan o‗zaro ta‘sirlanishini
ta‘minlaydigan nukleotidlar joylashadi. Bundan keyin esa, m-RNK da oqsil sintezi
boshlanishini signali hisoblangan