Biokimyo va molekulyar biologiya


 Polinukleotid fosforilaza



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

14.6.2.6. Polinukleotid fosforilaza 
Bu ferment quyidagi tartibda nukleoziddifosfatlardan t-RNK sintezlanishini 
katalizlaydi: 
RNKn +NDF = RNKn+1 + H3PO4 
Ushbu sintez uchun mononukleotidlarning erkin 3′OH-guruhiga birikkan 
RNK oqlik zanjiri bo‗lishi kerak. Mahsulot tarkibi dastlabki aralashmadagi 
ribonukleozid difosfatlarning nisbati bilan belgilanadi, bu esa in vitro sharoitida 
belgilangan nukleotid tarkibli polimerlarni olish imkonini beradi. 
14.6.2.7. DNK (sitozin-5) - metiltransferaza (DNK metilaza) 
Ma‘lumki, asosiy azotli asoslar bilan birgalikda DNK tarkibida minor 
komponentlar 
‒ 
metillangan, 
glyukozalangan 
va 
boshqa 
tarzda 
modifikatsiyalangan asoslar uchraydi. Bu azotli asoslar birlamchi strukturaning 
xususiyatlari bilan bir qatorda DNK ning turga oid bo‗lgan maxsusligini 
ta‘minlaydi. Odatdagi azotli asoslarning modifikatsiyasi DNK zanjirlari 
yig‗ilgandan keyin yuz beradi. Masalan, adeninning 6-amino guruhi va sitozinning 
C-5 guruhi metillanadi. S-adenozilmetioninning guruhi DNK zanjirining adenin 
yoki sitozin qoldig‗iga ko‗chiriladi, bu reaksiya esa DNK-metilaza tomonidan 
katalizlanadi. Metillanish DNK molekulasining ma‘lum nukleotidlar ketma-ketligi 
joylashgan aniq nuqtalarda sodir bo‗ladi. Metillanish DNK ni parchalash tavsifiga 
ega bo‗lgan DNK-restruksion fermentlari ta‘siridan himoya qiladi. 
 
14.6.2.8. Nukleazalar
Nuklein kislota molekulalarida fosfodiefir bog‗larni uzadigan fermentlarga 
nukleazalar deyiladi. Fosfodiefir bog‗larni ajratish ikki usulda amalga oshishi 
mumkin: bir holatda 5′-uchi, ikkinchi holatda 3′-uchi fosforlangan mahsulotlar 
hosil bo‗ladi. Nukleazalarning ikki turi: endo- va ekzonukleazalar mavjud.


279 
Endonukleazlar
molekula ichidagi fosfodiefir bog‗larni bir vaqtning o‗zida 
ko‗p nuqtalarda har xil kattalikdagi bo‗lakchalarning hosil bo‗lishi yo‗li bilan 
gidrolizlaydi. Ekzonukleazalar
 
polipeptid zanjirning bir uchidan nukleotidlarni bir-
biridan birin-ketin ajratib boradi. Nukleazalarning o‗ziga xos xususiyatiga ko‗ra, 
ribonukleazalar (RNKazalar) va dezoksiribonukleazalar (DNK azalar)ga bo‗linadi. 
Hujayralarda nukleazalar turli funksiyalarni bajaradi. Masalan, RNK aza I har 
xil tipdagi RNK larni mononukleotidlarga ajratadi, keyinchalik ular yangi RNK ni 
sintezlash uchun ishlatiladi, RNK aza II, III, IV, P lar esa m-RNK, r-RNK, t-RNK 
larning protsessingida ishtirok etadi, ular shu RNK xillarining dastlabki mahsuloti 
sifatida hosil bo‗ladi.
RNK aza DNK-RNK gibrid komplekslaridan RNK ni maxsus ravishda 
ajratish funksiyasini bajaradi. Shuningdek, u DNK sintezi paytida RNK oqlikni va 
teskari transkriptaza ishi paytida RNK ning ajralishida ishtirok etishi mumkin. 
DNK azalar guruhi ham turli xil fermentlardan iborat. Endonukleazlarga DNK aza 
I va II lar kiradi. 
Tadqiqotchilarning e‘tiborini nukleotidlar ketma-ketligi o‗ziga xos tarzda 
joylashgan, odatda palindrom, uzunligi 4-6 nukleotidi bo‗lgan DNKni aniq 
belgilangan joylarda uzadigan DNK azalar o‗ziga jalb qildi. Ularni restriktazalar 
(DNK ning restriksion fermentlari) deb ataladi. Restriktaza ham, metilaza ham 
DNK dagi bir nechta nukleotidlardan iborat bo‗lgan bir xil ketma-ketlikni 
―taniydi‖. Restriktaza fermenti qo‗sh zanjirli DNK ning zanjirlarini ―tanish‖ 
jarayoni zanjirdagi ketma-ketlikning birontasi ham metillanmagan bo‗lgandagina 
ta‘sir eta oladi. Restriktazalar uch xil maxsuslikka ega, ular jumlasiga: 1) 
―taniydigan‖ ketma-ketlik maxsusligi; 2) restriksiya (parchalash) joyi maxsusligi; 
3) ―taniydigan‖ ketma-ketlik asoslarini metillanish maxsusligi kiradi.
Restriktazalarning nomi uch harfli shaklda nomlanadi, bunda nomlashni 
birinchi harf mikroorganizm-produtsent avlodining nomi va tur nomining dastlabki 
ikki harfidan foydalanib hosil qilinadi. Agar restriktaza plazmida yoki fag geni 
tomonidan kodlanadigan bo‗lsa, unda bu xromosomasiz elementning belgisini 
ifodalash lozim bo‗ladi, masalan, EcoR. Agar shtamm tarkibida bir nechta 
restriktazalar bo‗lsa, ular rim raqamlari yordamida: Hind I, Hind II, Hind III 
tarzida belgilanadi. Agar bir xil turga mansub bakteriyalarda turli xil restriktazalar 
uchrasa, uchta harfga qo‗shimcha yana raqam yoki harf qo‗shilib shtamm: Eco B, 
Eco K kabi nomlanadi. 
Restriktazalar uch xilga bo‗linadi. Restriktazalarning I va III xillari ikki xil: 
restriksion va metillovchi faollikka ega. Fermentlarning bu ikkala turi ham DNK 
dagi metillanmagan nukleotidlar ketma-ketligini maxsus ravishda ―taniydi‖. 
Restriktaza I turi (masalan, Eco B, Eco K) restruksiya nuqtalariga nisbatan 
maxsuslik jihati pastligi bilan tavsiflanadi. Restriktazaning III tur fermentlari (Eco 


280 
PI, Hind III) DNK ni maxsus nuqtalarda ―kesib‖ tashlaydi, lekin parchalanishni 
oxiriga yetkaza olmaydi, chunki bir yo‗la parchalanish bilan birga uni oldini 
oladigan metillanish reaksiyasini ham katalizlaydi. Restriktaza II turi alohida 
oqsillardan-restriktazani o‗zidan va metilazadan tashkil topgan. Ushbu fermentlar 
DNK dagi ma‘lum bir ketma-ketlikni ―taniydi‖, u, odatda, 4 yoki 6 juftlikdan 
iborat bo‗lgan palindrom hisoblanadi. Molekulyar og‗irligi uncha katta bo‗lmagan 
restriktaza (taxminan 60,000 Da) bu ketma-ketlikni yoki yaqin joylashgan ketma-
ketlikni ―kesadi‖. Masalan, EcoR I-endonukleaza geksanukleotidlar ketma-
ketligini ―taniydi‖ va quyida ko‗rsatilgan undov belgilari bilan belgilangan 
nuqtalarda uzadi (yulduzcha metillanish joylarini bildiradi):

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin