Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

14.6.2.4. DNK ligazalar 
DNK zanjirida ahyon-ahyonda yuz beradigan uzilishlar 
DNK ligazalar
deb 
nomlangan fermentlar tomonidan tiklanadi. Bu fermentlar bir nukleotid birligi 
darajasidagi masofagacha yaqinlashgan DNK fragmentlarini 3′-OH va 5′-fosforil 
bog‗lar o‗rtasida fosforli efir bog‗lanish hosil bo‗lish reaksiyasini katalizlaydi. 
Sintez jarayoni NAD+ dagi (E.coli va boshqa prokariotlarda) yoki ATF dagi 
(eukariotlarda) pirofosfat bog‗ning ajralishi bilan birgalikda yuz beradi. Shu 
yo‗sinda DNK ning kovalent bog‗lanishli yopiq zanjirlari hosil bo‗ladi. 
Bunda NAD+ dan NMN (nikotin mononukleotid), ATF dan esa pirofosfat 
kislota ajralib chiqadi. Har ikkala holatda ham hosil bo‗lgan AMF avval 
fermentga, so‗ngra DNK ning tikiladigan 5′-uchiga birikadi, uni faollashtiradi va 
ligaza reaksiyasi nihoyasiga yetgandan so‗ng ajralib chiqadi. Ligazalar nuklein 
kislotalar almashinuvida muhim rol
o‗ynaydi, replikatsiya, reparatsiya va 
rekombinatsiya jarayonlarida ishtirok etadi. Gen muhandisligida ligazalardan DNK 
molekulalarini bir-biriga ―tikish‖da foydalaniladi. 


278 
14.6.2.5. Replikatsiya 
 
RNK-tutuvchi viruslarning RNK replikatsiyasi RNK ga bog‗liq bo‗lgan 
RNK- polimeraza (RNK replikaza) tomonidan amalga oshiriladi. Virus bilan 
zararlangan hujayrada bu fermentning hosil bo‗lishini virus RNK si indutsirlaydi. 
Bu ferment bir zanjirli virus RNK sining sintezi uchun nukleozid trifosfatlardan 
foydalanadi. Dastlab, ferment virus RNK matritsasida qarama-qarshi qutbli 
(replikativ shakldagi) komplimentar RNK hosil qiladi. Keyinchalik, bu zanjir 
ko‗plab yangi virus RNK zanjirlari sintezi uchun matritsa sifatida xizmat qiladi. 
Sintezning bu ikkala bosqichini bir xil ferment katalizlaydi, lekin ularning har 
birida xilma-xil oqsil omillari ishtirok etadi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin