Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
14.6.2.3. Teskari transkriptaza
Teskari transkriptaza yoki RNK ga bog‗liq bo‗lgan DNK-polimeraza alohida 
qiziqish uyg‗otadi. Ushbu ferment kashf qilinishidan oldin genetik axborot faqat 
DNK dan RNKga (transkripsiya) uzatiladi, deb taxmin qilinar edi. Bu ferment 
RNK da DNK ni sintez qiladi, genetik ma‘lumotni RNK dan DNK ga o‗tkazadi va 
shuning uchun teskari transkriptaza yoki revertaza deb yuritiladi. Transkriptaza 
uch xil fermentativ faollikka ega. 
Birinchisi ‒ RNKga bog‗liq bo‗lgan DNK-polimerazaning faolligi.
Bu 
ferment RNK matritsasida yakka zanjirli komplementar DNK (k-DNK) sintezini 
ta‘minlaydi; u uzunligi 4 dan 200 gacha nukleotidlardan iborat bo‗lgan ribo- yoki 
dezoksiribonukleotidlardan tashkil topgan oqliq sifatidagi vazifani bajaruvchi, 
ya‘ni, albatta, 3′-OH-guruh tutuvchi gomo- yoki geteropolimerning bo‗lishini talab 
qiladi.
Ikkinchisi DNKga bog‗liq bo‗lgan DNK-polimeraza faolligi
bo‗lib, u 
DNK ikkinchi zanjirining (anti-k-DNK) sintezini ta‘minlaydi va DNK matritsada 
bir zanjirli DNK ning qo‗sh zanjirli DNK ga aylanishiga javob beradi.
 
Uchinchisi RNK-DNK gibrididagi RNK ni gidrolizlaydigan RNK aza H 
ning faolligidir.
Shunday qilib, dastlab teskari transkriptaza fermenti ta‘sirida 
RNK matritsada DNK ning komplimentar zanjiri sintezlanadi, buning natijasida 
ikki zanjirli RNK-DNK gibrid molekulasi hosil bo‗ladi. Keyin dastlabki RNK 
molekulasi parchalanadi, qolgan DNK zanjirida teskari transkriptaza DNK ning 
ikkinchi zanjirini tuzadi va nihoyat ikki zanjirli molekula hosil bo‗ladi.
Hosil bo‗lgan ikki zanjirli virus DNK si xo‗jayin hujayrasining genomiga 
(xromosomasiga) kirib joylashishi mumkin. Keyinchalik, bu onkornovirusning 
ko‗payishiga (RNK li onkogen virus) yoki shishning paydo bo‗lishiga olib keladi. 


277 
Teskari transkriptazaning sintezini kodlovchi gen onkornovirus genomida 
uchraydi. Teskari transkriptazaning xossalarini o‗rganish bu fermentdan genetik 
muhandislikda genlarni sintez qilish, virus genomlarning turli qismlarini o‗rganish, 
shuningdek, eukariot hujayralardagi genlar sonini, ularning birlamchi strukturasini 
va protsessingi (qayta tiklanishi)ni o‗rganishda foydalinish imkonini berdi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin