Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

!
5′—G—A*--A—T—T—S—3′ 
3'---S---T----T---A*--A—G—5′ 

Parchalanish joylari palindromlardir. EcoR I-endonukleaza DNK ning ikkita 
zanjirini har xil nuqtalaridan ajratadi, shuning uchun parchalanish mahsulotlari 
yopishqoq uchli bo‗ladi. 
Endonukleaza Hind II (Himophilus influenza bakteriyalarining restriktazasi) 
DNK ni parchalab, quyidagi ko‗rsatilgan joylarda to‗mtoq uchlar hosil qiladi 
(undov belgi): 

5′—G—T—Pir—Pur—A—S--3′ 
3'---S---T---Pur---Pir-- T—G—5′

Metilazalar DNK asoslarini aynan shu maxsus joylarini modifikatsiyalash 
jarayonini katalizlaydi. Fermentlarning I va III tipi hamda II tipi o‗rtasidagi farq 
ularning parchalash tabiatida aniq ko‗zga tashlanadi. DNK ga I tipdagi 
restriktazaning ta‘siri natijasida geterogen mahsulotlar, III tipdagisi ta‘sirida esa 
to‗liq parchalanmagan mahsulotlar hosil bo‗ladi. 
Faqat II tipidagi restriktazalar DNK ni ―taniladigan‖ ketma-ketliklar oralig‗i 
uzunligiga mos ravishda fragmentlarni maxsus va to‗liq parchalaydi. Shuning 
uchun genetik muhandislikda va tipidagi restriktazalar keng qo‗llaniladi. 
Restriktaza fermentlari nukleotidlarning ketma-ketligi maxsus aniqlikdagi 
joylaridan boshlab parchalagani uchun undan DNK ning birlamchi strukturasini 
aniqlash uchun tajribalarda foydalaniladi. 
 
 
 


281 
14.6.2.9. Topoizomerazalar 
DNK topoizomerazalar – bu DNK zanjirida yopiq super halqali aylanmalar 
sonini o‗zgartiradigan fermentlardir. Ma‘lumki, topoizomerazalarning bir zanjirli 
va ikki zanjirli DNK molekulalariga ta‘sir qiladigan xillari bo‗ladi. Ular orasida 
ikki yoki undan ortiq DNK molekulalarini katenan (o‗zaro bir-biriga bog‗langan 
halqa)larga birlashtiradigan fermentlar mavjud. Topoizomeraza I super 
spirallangan DNK zanjirlaridan birini uzadi, bunda zanjir halqasi yo‗qolib, super 
aylanmada halqa soni kamayadi, keyin shu fermentning o‗zi uzilgan joyni tiklaydi. 
Giraza (topoizomeraza II) fermenti ham shu fermentlar sinfiga kiradi. Giraza 
yopiq halqali DNK molekulasining bo‗shagan spiralini super spiralga aylantiradi, 
ya‘ni topoizomeraza I ga nisbatan qarama-qarshi ta‘sirga ega. Bu reaksiya ATF 
ning katta miqdordagi energiyasi sarflashni talab qiladi. Agar girazaning faolligi 
to‗xtatib qo‗yilsa, unda hujayradagi eng muhim jarayonlar, xususan, DNK ning 
replikatsiyasi izdan chiqadi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin