Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

14.7. Nuklein kislota sintezi 
14.7.1. Replikatsiya 
Nuklein kislotalarning asosiy funksiyasi genetik axborotni saqlash, yangilash 
va uzatishdan iboratdir. Nuklein kislotalar dinamik tizim bo‗lib, barcha 
jarayonlarni yuqori darajadagi tezlik va samaradorlikda doimiy ravishda tegishli 
oqsillar, eng avvalo, fermentlar bilan o‗zaro ta‘sirlanish asosida amalga oshiradi. 
Ularning ishtirokida kechadigan asosiy jarayonlar replikatsiya, transkripsiya va 
translatsiya hisoblanadi. Replikatsiya DNK ning ikki qismga ajralish jarayonidir. 
Uning asosiy mexanizmi DNK molekulasining qo‗sh zanjirli ekanligidan kelib 
chiqadi. DNK molekulasining qo‗sh zanjirini komplementarligi genlarning ikki 
karra oshishiga yoki replkatsiyaga olib keladi. Replikatsiya natijasida dastlabki 
DNK molekulasining ikkiga bo‗lingan aniq nusxasi hosil bo‗ladi. Yangi hosil 
bo‗lgan molekulalar dastlabki DNK ning bitta zanjiriga va bitta yangidan 
sintezlangan zanjiriga ega bo‗ladi. Boshqacha qilib aytganda, replikatsiya yarim 
konservativ, ya‘ni ona molekulaning yarmi qiz molekulasida saqlanib qoladi. 
Biroq, bu muhim mexanizm, hatto eng oddiy holatlarda ham, ko‗plab fermentlar va 
boshqaruvchi oqsil omillari ishtirokidagi ko‗plab murakkab jarayonlarning 
kombinatsiyasi asosida amalga oshadi. Replikatsiya jarayonlari eng sodda tizimlar 
‒ bakteriyalar, bakteriofaglar va bakteriyalarning xromosomasiz genetik 
elementlari ‒ plazmidalarida yaxshi o‗rganilgan. 1963-yilda F.Yakob, S.Brenner 
va F.Kyuzenlar replikatsiyani genetik birligini belgilash uchun ―replikon‖ 
tushunchasidan foydalanishni taklif qildilar, ya‘ni bu birlik hujayraning o‗sishi va 
bo‗linishi jarayonida avtonom ravishda tiklanadigan (replitsiyalanuvchi) DNK 


282 
segmentidir. Har bir replikon o‗z nusxasining tiklanishini ―boshqarish‖ tizimiga 
ega bo‗lishi kerak. 
E.coli xromosomasi, plazmidalar va bakteriofaglarning DNK lari ‒ har xil 
murakkablikdagi replikonlar bo‗lib, ular hujayrada avtonom replikatsiya 
qobiliyatga va initsiatsiya tizimiga ega. Replikon replikatsiya uchun zarur bo‗lgan 
barcha oqsillar (E.coli xromosomasi) sintezini kodlovchi genlarni o‗z ichiga olishi 
mumkin, bu oqsillarning ma‘lum qismlaridan (ba‘zi bir nisbatan yirik 
bakteriofaglarda) yoki o‗z replikatsiyasi uchun amaliy jihatdan faqat yot 
oqsillardan (tarkibida yakka zanjirli siklik DNK tutuvchi mayda M13 yoki G-4 
faglardan) foydalanishi mumkin. Replikatsiya jarayonida dezoksinukleozid 
trifosfatlardan DNK ning matritsali sintezini amalga oshiradigan replikatsiyalovchi 
DNK- polimerazalari muhim rol o‗ynaydi. Ferment ona zanjir (matritsa deb 
nomlangan)ga komplementar ravishda birin-ketin o‗sib boruvchi zanjirning 3´-
uchiga matritsa birliklariga qo‗shimcha mononukleotid birliklarini biriktira borib, 
qo‗shimcha ravishda DNK zanjirini sintez qiladi (33-rasm). 
 33-rasm. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin