Biokimyo va molekulyar biologiya


 Bakteriofaglar va plazmidalar DNK larining replikatsiyasi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

14.7.1.2. Bakteriofaglar va plazmidalar DNK larining replikatsiyasi 
O‗zining virioni ancha kichik bo‗lgan (5000 ga yaqin nukleotid zanjirli) 
halqali yakka zanjirli DNKga ega bo‗lgan bakteriofaglarning replikatsiyasi yaxshi 
o‗rganilgan. Ularga, masalan, ψ X-174 faglari va gen muhandisligida keng 
foydalaniladigan M 13 va fd faglarini kiritish mumkin. Ularning replikatsiya 
mexanizmi bir-biridan farqlanuvchi uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda, 
E.coli hujayralariga bir zanjirli siklik fag DNK yoki musbat (+) – zanjir kirganda, 
RF-1 shakl deb nomlanadigan ikki zanjirli kovalent yopiq bog‗lanishli spiral DNK 
ga aylanadi. 
Oraliq mahsulot sifatida bir joyidan uzilgan ikki zanjirli siklik DNK yoki RF-
II shakl hosil bo‗ladi. RF-I va RF-II shakl (+)-zanjiriga komplementar bo‗lgan 
DNK zanjirining sintezi natijasida hosil bo‗ladi; sintezlangan bu yangi zanjir (‒)-


286 
zanjir deb nomlanadi. Ikkinchi bosqich RF-I shaklni hujayradagi miqdorini 
oshirishdan iborat bo‗ladi. Nihoyat, uchinchi bosqichda virus (+)-zanjirining ko‗p 
miqdorda sintezlanishi bilan bog‗liq, u keyin virus po‗stiga o‗raladi.
Genetik muhandislikda vektor sifatida ishlatiladigan plazmidalarning 
ko‗payishi E.coli xromosomasining replikatsiyasiga qaraganda, ancha sekin davom 
etadi va aftidan bunda hujayra membranasiga DNK birikishini talab qilinmaydi. 
Xususan, ColEI plazmidasining replikatsiyasi uchun faqat xromosoma bilan 
kodlangan oqsillar va plazmidaning replikatsiya inisiatsiyasini ori qismi kerak 
bo‗ladi. Bu holatda DNK ning sintezi E.colining RNK-polimerazasi ishtirokida 
amalga oshadi

 
14.7.1.3. Eukariot hujayralardagi replikatsiya 
Eukariot xromosomalarning DNK si teng miqdordagi gistonlar bilan 
kompleks hosil qiladi. Taxminan har 200 ta yarim aylanmadan so‗ng DNK H2A, 
H2V, h3 va H4 oktamerlarga o‗ralgan super spiral hosil qiladi. Ushbu struktura 
birligini 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin