Biokimyo va molekulyar biologiya


nukleosoma  deb ataladi. Nukleosomalar bir-biriga ulanib  xromatin



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

nukleosoma 
deb ataladi. Nukleosomalar bir-biriga ulanib 
xromatin
hosil 
qiladi. 
Eukariotlarda replikatsiyaning o‗ziga xos farqli xususiyati shundan iboratki
nukleosomalar replikatsiyalanadi: qiz zanjirlarni sintezi paytida ular ma‘lum 
muddatda parchalanadi, ammo replikativ ilmoqning oxirida qayta yig‗iladi va bu 
yig‗ilish jarayonida oldingi gistonlar ham, yangi sintezlanganlar ham ishtirok etadi 
(36-rasm). 
36-rasm. 
Xromatin replikatsiyasi jarayonining sxemasi

Shunday 
qilib, 
gistonlarning 
sintezi 
replikatsiya 
jarayoni 
bilan 
muvofiqlashgan bo‗lishi kerak. Darhaqiqat, giston sintezining ingibirlanishi 
replikatsiyaning ingibirlanishiga olib keladi va, aksincha. 


287 
Xuddi prokariolarda bo‗lgani kabi eukariotlarda replikatsiya uchta asosiy 
bosqichdan: initsiatsiya, elongatsiya va terminatsiyalardan iborat. Eukariot DNK 
replikatsiyasi bir vaqtning o‗zida xromosomaning ko‗plab qismlarida sodir bo‗ladi 
va, aftidan, DNK ning ma‘lum ketma-ketliklarida initsirlanadi, ular qator 
viruslarda yaxshi idensifikatsiyalangan. Prokariotlardagi kabi o‗ziga xos maxsus 
oqsillarning ishtirokini talab qiladi. 
Sintezning elongatsiyasi DNK polimerazalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Eukariot hujayralarda DNK-polimerazalarning uchta: α, β va γ turlari ma‘lum. 
Asosiy hujayra DNK sining replikatsiyasi α-polimeraza, shikastlanishning 
tiklanishi, β-polimeraza va mitoxondriya DNK sining replikatsiyasi γ-polimeraza 
tomonidan amalga oshadi deb taxmin qilinadi. Xuddi prokariolarda bo‗lgani kabi 
replikativ ilmoqda ham zanjirlarning birinchisi
yetakchi
(ilgarilovchi), ikkinchisi 
esa 
kechikuvchi
(orqada qoluvchi) deb yuritiladi. 
Yetakchi zanjir uzluksiz ravishda sintezlanadi, kechikuvchi zanjir esa 
Okazaki fragmentlari bilan sintezlanadi. Bu fragmentlar, shuningdek, kalta RNK 
lar tomonidan initsirlanib, ular, aftidan, RNK-polimeraza 1 tomonidan 
sintezlanadi. DNK ning ikkilamchi spiralini bog‗lovchi oqsillar replikativ ilmoqni 
ajralishida ishtirok etadi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin