Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
14.7.2.Transkripsiya 
RNK biosintezi jarayoni transkripsiya deb ataladi. Uning natijasida DNK ning 
alohida fragmentlariga komplimentar bo‗lgan RNK hosil bo‗ladi. Bunda RNK ning 
har bir joyi faqat DNK ipini bittasiga komplementar bo‗ladi. Biosintez jarayoni 
RNK polimeraza-fermentlari tomonidan amalga oshiriladi, ular DNK dan matritsa 
sifatida foydalanadi. Replikatsiyada bo‗lgani kabi fosfor-efir bog‗larni hosil 
bo‗lish mexanizmi o‗sib boruvchi zanjirning 3´-gidroksil guruhiga ko‗rsatiladigan 
nukleofil hujumni katalizlovchi ferment tomonidan substrat (ribonukleozid 
trifosfat)ning α-fosfat guruhga biriktirilishini o‗z ichiga oladi.
Fosfodiefir bog‗lanish hosil bo‗lish jarayonida, anorganik pirofosfat 
trifosfatdan ajralib chiqadi. Har bir yangi birikkan nukleozid matritsaning shu 
bo‗g‗iniga komplementar bo‗ladiki, u yangi nushalangan 5´-ning eng yaqin 
qo‗shnisi hisoblanadi. RNK zanjiri 5´

3´ yo‗nalishida DNK zanjirining 3´- 
uchidan 5´- uchiga qarab RNK-polimeraza yo‗nalishiga mos ravishda o‗sib boradi. 
Replikatsiya kabi transkripsiya jarayoni ham, asosan, uch bosqich: initsiatsiya, 
elongatsiya, terminatsiyalardan iborat. DNK-polimerazalardan farqli o‗laroq, 
RNK-polimeraza DNK ning ma‘lum nuqtalarida yuz beradigan RNK sintezi 
jarayonini o‗z-o‗zini initsiatsiyalash orqali amalga oshirishi mumkin.
RNK sintezining initsiatsiya joyi DNK ning maxsus boshqaruv qismlari 
‒promotorlar orqali belgilanadi. Sintez jarayonining nihoyasi DNK ning ma‘lum 


288 
qismi ‒ terminatorlarda sodir bo‗ladi. Transkripsiya jarayoni turli xil yo‗llar orqali 
boshqariladi, bu esa hujayra uchun o‗zgaruvchan sharoitlarga moslashish imkonini 
beradi. Bakteriyalar va bakteriofaglarda transkripsiya va uni boshqarish uslublari 
yaxshi o‗rganilgan.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin