Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 izoakseptor
deb yuritiladi. 
14.9. Oqsillar biosintezi 
14.9.1. Oqsillar sintezi haqida umumiy tushuncha 
DNK 
irsiy 
ma‘lumotlarning tashuvchisi va saqlovchisi ekanligi 
aniqlangandan so‗ng, DNK ning kimyoviy tarkibida o‗z aksini topgan 
(shifrlangan) bu genetik ma‘lumot qanday qilib avloddan-avlodga o‗tib, tirik 
organizmlarning fenotipik va funksional xususiyatlariga transformatsiyalanadi? ‒ 
degan savol tug‗iladi. Hozirgi vaqtda bu savolga aniq javob berilishi mumkin: 
genetik ma‘lumot maxsus hujayralar, organlar va butun organizmning tuzilishi va 
funksiyasini o‗ziga xos xususiyatlarini belgilaydigan maxsus oqsillarning sintezi 
asosida dasturlanadi. 
Ma‘lumki, tabiatda ikki xil biopolimerlar mavjud, ularning birinchilari 
(masalan: polisaxaridlar, poli-ADF-riboza, peptidglikanlar, glikoproteinlar) irsiy 
ma‘lumotlarni saqlash, ko‗chirish va amaliy jihatdan ro‗yobga oshishida ishtirok 
etmaydi. Ikkinchi xil biopolimerlar bu jarayonlarda ishtirok etadi va ular ham: 
birlamchi
genetik ma‘lumotga 
ega bo‗lgan birikmalar
 
(nuklein kislotalar) va 


296 
ikkilamchi genetik
ma‘lumotga
, aniqrog‗i 
fenotipik ma‘lumotga 
ega bo‗lgan 
birikmalar (oqsillar) xillariga bo‗linadi. Yuqorida keltirilgan bu umumiy 
qarashlarni quyidagi ketma-ketlik asosidagi (axborot oqimi) tarzida ifodalash 
mumkin: 
 
DNK→RNK→Oqsil→Hujayra→Organizm 
T.Kasperson, M.Xogland, P.Berg, P.Zamechnik, S.Ochoa, M.Nirenburg, 
N.Gorovis, F.Gaurovis, S.Veys, A.N.Belozerskiy, A.S.Spirin kabi taniqli olimlar 
oqsil sintezining o‗rni, omillari va amalga oshish mexanizmlari haqidagi 
zamonaviy g‗oyalarni shakllanishiga katta hissa qo‗shdilar. Olingan eksperimental 
ma‘lumotlar nuklein kislotalarning asosiy funksiyasi nafaqat genetik ma‘lumotni 
saqlash, balki ma‘lum oqsillarni dasturlashtirilgan sintezi orqali bu ma‘lumotlarni 
amalga oshirishdan iborat degan farazni tasdiqladi. Ammo DNK→RNK→Oqsil 
ketma-ketligida irsiy ma‘lumotlarning amaliy jihatdan ro‗yobga oshishini va tirik 
organizmlar belgilarining xilma-xilligini belgilaydigan o‗ziga xos bo‗lgan 
oqsillarning sintezi qanday sodir bo‗lishi haqidagi ma‘lumotlar yetishmasdi. 
Hozirgi vaqtda irsiy ma‘lumotlarni ko‗chirilishi qanday asosiy jarayonlardan 
iborat ekanligi aniqlandi. Ular 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin