Biokimyo va molekulyar biologiya


birinchisi bitta polipeptid



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

birinchisi bitta polipeptid
zanjiridan iborat, masalan, valin, izoleysin va leysin (M = 100000 Da)larniki. 
Ikkinchi aa-t-RNK sintetazlari 
bir xil subbirliklardan tashkil topgan fermentlar 
hisoblanadi, masalan, metioninniki M = 45000 Da bo‗lgan to‗rtta subbirlikdan, 
serinniki M = 45000 Da bo‗lgan ikkita subbirlikdan iborat bo‗ladi. Aa-t-RNK 
sintetazalarning
uchinchi
guruhiga turli xil subbirliklardan tashkil topgan, 
masalan, glitsin, triptofanlarning aa-t-RNK sintetazalari turli xil subbirliklardan 
tashkil topgan. Aa-t-RNK sintetaza faqat ma‘lum bir aminokislota uchun xos 
bo‗lgan t-RNK nigina ―taniydi‖. Bu jarayon yuqori darajadagi aniqlikda davom 
etadi va aynan shu yo‗sinda polipeptid zanjiri sintezida aminokislotalarning ketma-
ketligini, ya‘ni oqsil sintezi jarayonining to‗g‗riligi belgilanadi. 
Shu nuqtayi nazardan, V.A.Engelgardt bu fermentlarni 
kodazalar
deb atadi, 
bu ularning genetik kodni amalga oshirishdagi rolini ko‗rsatadi. Keyinchalik
aminokislotalar ortilgan t-RNK ribosomalarga ko‗chiriladi, ularda esa polipeptid 
zanjiri hosil bo‗ladi. Bunda t-RNK molekulalari adaptor rolini o‗ynaydi, ya‘ni ular 
aminokislotalarni o‗sib boruvchi polipeptid zanjirga ma‘lum tartibda kiritib 
boruvchi moslamadir. 
14.9.1.2. Polipeptid zanjiri sintezini initsiatsiyasi 
Initsiatsiya translatsiyaning eng murakkab bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu 
bosqichda oqsil sintez apparatining alohida tarkibiy qismlari yig‗iladi va dastlabki 
tayyorgarlik reaksiyalari sodir bo‗ladi. Ribosomalar translatsiya jarayonining 
markazi hisoblanadi. Ribosoma m-RNK bilan bog‗lanmagan holda bo‗lganda, 
dissotsiatsiyalanib, subbirliklarga (prokariotlarda ‒ 30 S va 50 S ga, eukariot 
hujayralarda – 40 S va 60 S ga) ajraladi.
Initsiatsiya jarayonida ribosomalarning yig‗ilishi sodir bo‗ladi. Translatsiya
paytida polipeptid zanjir N-uchidan boshlanadi va C-uchi bilan tugaydi, ya‘ni 
sintezlanish jarayoni NH
2
---> COOH yo‗nalishida bo‗lib o‗tadi.
Oqsil sintezining boshlanish signali m-RNK joylashgan uchta nukleotid 
AUG (prokariotlarda va eukariotlarda) yoki ko‗p hollarda GUG (prokariotlarda) 
birikma hisoblanadi. Agar bu nukleotidlar m-RNK zanjirini o‗rtalaridagi qismlarda 
bo‗lsa, unda birinchisi metioninni, ikkinchisi valinni kodlaydi. Prokariotlarda 
initsiatsiya jarayoni uchun inisiator t-RNK, m-RNK, 30 S va 50 S-subbirliklardan 
tashqari, GTF va uch xil oqsil omili kerak bo‗ladi. Bu oqsillar ribosomaning 
tarkibiga kirmaydi va ular 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin