Biokimyo va molekulyar biologiya


Purin asoslarining biosintezi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Purin asoslarining biosintezi.
Purin halqasining de novo yo‗li bilan 
biosintezi turli turlarga mansub tirik mavjudotlarda: bakteriyalar, zamburug‗lar, 
qushlar va odamlarda bir xil tarzda amalga oshadi. Bu barcha tirik mavjudotlarda 
kechadigan qator asosiy biokimyoviy jarayonlarning bir xil ekanligini ko‗rsatadi. 
Bunda murakkab sintez jarayoni tufayli azotli asos emas, balki uning nukleotidi-
inozin kislotasi hosil bo‗ladi. Shunday qilib, barcha qolgan purin asoslarini 
sintezlanishi uchun inozin kislotasi asos bo‗lib xizmat qiladi.
Inozin kislotasini aminlanishi natijasida adenil kislota (AMF) hosil bo‗ladi, 
buning uchun amin guruhni asparagin kislota yetkazib beradi. Guanil kislota 
(GMF)ning inozin kislotadan hosil bo‗lish jarayoni ikki bosqichda amalga oshadi. 
Birinchi bosqichda inozin kislota oksidlanib, ksantozin-5′-fosfat (KMF)ga 
aylanadi, ikkinchi bosqichda aminlanish orqali guanil kislota (GMF)ni hosil qiladi. 
Bunda qushlarda aminoguruhning donori sifatida glutamin, bakterial tizimlarda esa 
ammiak xizmat qiladi. 
Pirimidin asoslarining biosintezi.
Pirimidin asoslarini sintezlanishining 
birinchi bosqichi NH

va CO

dan karbomoil fosfat hosil bo‗lishi hisoblanadi. 
Keyin karbomoil fosfat asparagin kislota bilan reaksiyaga kirishadi va aspartat 
karbomoil-transferaza ta‘sirida karbomoil aspartatga aylanadi. Hosil bo‗lgan 
karbomoilaspartat siklizatsiyalanish va oksidlanish jarayonlariga duch kelib, orot
kislotaga aylanadi, ya‘ni pirimidin halqasining shakllanishi yuz beradi. 
Shunday qilib, pirimidin nukleotidlarini sintez qilishda, yuqorida aytib 
o‗tilgan purinli nukleotidlardan farqli o‗laroq, dastavval erkin azotli asos hosil 
bo‗ladi. Va shundan keyingina pirofosforilaza reaksiyasi bo‗lib o‗tadi, reaksiya 
davomida orot kislotaga fosforibozilpirofosfata (FRPF)dagi ribozo-5′-fosfat 
birikadi, bunda orotidin-5′-monofosfat (OMF) nukleozidi hosil bo‗ladi. OMF ning 
dekarbosillanishi boshqa pirimidin nukleotidlarining asosi bo‗lgan ‒uridin-5′-
monofosfata (UMF) ning hosil bo‗lishiga olib keladi (Rasm-32). 


273 
32-rasm. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin