g'ri va aniq chiqayotganiga o'zini o'zi ishontirsin (ashulachi san'at- korlar bekorga ovoz yozish studiyasiga qatnamaydida). Notiqlik ham san'at ekanligini ayniqsa notiq unutmasligi kerak. Shunday qilib, birinchi bosqichda to'plangan materialni o'zlashtirib, aniq reja asosida matn yoki tezis tayyor bo'lgach, ikkinchi bosqichda, -o'zi tayyorlangan matn yoki tezisni ovoz chiqarib, o'qib yoki gapirib ko'rgach, uchinchi bosqichda tinglovchilar oldida nutq so'zlashi lozim bo'ladi. Mana shu uchta bosqich nutqqa tayyorlanish va nutq ning ustida ishlash va uni amalga oshirish jarayoni hisoblanadi. 84
Notiqning nutq matni ustida tayyorgarlik ko'rishi, nutqi ustida jiddiy ishlashi asosida tayyorlangan to'liq matn, tezis yoki konspekt (matnning yozm a shakli) albatta tayyorlanishi muhim ahamiyatga ega. Shu mehnat jarayonida notiq muayyan mavzu materiallarini o'z ongiga singdirib oladi. Notiq uchun adabiy til normalarini egallash hamda o'zining notiqlik mahoratini oshirishda badiiy adabiyot namunalarini o'qish, o'rganish, taniqli notiqlarning nutqlarini kuzatish va o'rganish, tele radio nutqiga e'tibor berish, gazeta va juranallar tiliga amal qilish ham notiq nutqining go'zallashuviga, tinglovchilar e'tiboriga tushi- shiga sabab bo'ladi. Notiq o'z mahoratini shu kabi yo'llar bilan oshirib boradi. M u allim nin g inson iylik t'azilati va notiqlik m ahorati Avvalo, muallim tarbiyachi va ta'lim beruvchi inson. Shu ma'noda muallim m a'naviy-axloqiy jihatdan qalbi pok, ilmi etuk inson bo'lishi kerak. Muallimning tili va dili bir-biriga mutanosib