O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


-mavzu: O ’YIN - BOLA FAOLIYATINING ASOSIY TURI



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

10-mavzu: O ’YIN - BOLA FAOLIYATINING ASOSIY TURI
Reja:
1. O’yinning bola faoliyati sifatidagi mohiyati v a o ’ziga xosligi
2. O’yinning maklabgacha ta'Iim muassasasi pedagogik jarayonidagi o’mi
3. Ijodiy o ’yinlar turlari
4. Qoidali o ’yinlar. Didaktik o’yin turlari
5. Bola tarbiyasida o’yinchokning ahamiyati
I. O ’yinning bola faoliyati sifatidagi mohiyati
va о ’ziga xosligi
«
O ’yin inson o ’zligining namoyon bo’lishi, uning takomillashuv usulidir. ^ ’yin 
kattalar hayotida muayyan o’rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga 
egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan. U maklabgacha 
yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta’Iim bilan 
uzviy aloqada bo’lgan holda etakchi faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. Bola 
shug’ulanadigan ko’pchilik jiddiy ishlar o ’yin shaklida bo’ladi. O’yinda shaxsdagi 
barcha mavjud Jihallar ishga tushadi; bola harakat qiladi, gapiradi. idrok etadi, 
o'ylaydi. O ’yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo’ladi.
O ’yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf. 
san'atshunos olimlar diqqatini o’ziga tortib kelgan bo’lib, jamiyat hayotida 
mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o’z 
o'yinlarida ovchilik, urush, dexqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o ’sha 
davrdagi ba'zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o’yinlar bilan juda katta tantana 
qilib amalga oshirilar edi.
YA.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaflarning g’oyalari 
hozirgi zamon bolalar o ’yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar o ’yini 
ko’p asriik tarixga eg a- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - insonning o’zi tomonidan 
ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson 
tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan».
YAn Amos Komenskiy o’yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga 
to’g’ri keladigan zarur shakli deb hisoblardi. Uning fikricha o’yin - bolaning barcha 
qobiliyat ko’rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o’yinda borliq, dunyo
114


haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyidi, nutq rivojianadi. Bola o’vin 
davomida tengqurlari bilan do'stlashadi. YA.A.Komenskiy o'yinga quvnoq bolalik 
va bolani uyg un rivojianish sharti sifatida qarar ekan. kattalarga bolalar o’yinlariga 
e tiborli munosabatda boMishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni masalahat bergan 
edi.
P.F.Lestgaft bolalar o’z o'yinlarida tevarak-atrofdan olgan lasurotlar'mi aks 
eltiradilar. deydi. Sunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.
SHunday qilib o’yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o'yinda tevarak-atrofdagi 
borliq aks ettirilishini ilg’or olim va pedagoglar o’zlarining kuzatish va ilmiy 
tadqiqollari orqali isbotlab berdilar.
Tarbiyachilar bolalar o’yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishi 
lozim.
1. o'yin bilan mehnat o'rtasida to'g’ri munosabat o'rnatish
2. o’yinda bolalarning bo’lajak mehnal axiiga xos bo'lgan jismoniy va ruhiy 
sifatlarini tarbiyalash.
SHu tariqa o ’yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo 
bo'lgan ijtimoiy faoliyatdir; o’yin doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak. 
ijtimoiy hayot o ’zgarishi bilan uning mazmuni ham o’zgaradi; o’yin ma'lum 
maqsadga yo’naltirilgan ongli faoliyat bo’lib, uning mehnat bilan ko’p umumiyligi 
bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga hizmat qiladi. O'yin faoliyati asosida 
bo lad ^ i o’quv faoliyati rivojianadi, bola qanchalik yaxshi o’ynasa, u maktabda 
shuncnalik yaxshi o’qiydi.
^Ik yoshli bolalar o’yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o’yin 
bo’lib, u narsa-buyum-o’yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo’l ishidagi murakkab va 
nozik harakatlardir.
Keying! bosqich aks ettirish o’yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o’yini 
psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta’lim- 
tarbiyaviy ishlarini ma'lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va 
buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o’z 
o ’yinlarida qo’llay boshlaydilar.
Bu yoshdagi bolalar o’yini mazmuni jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi.
Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o’yinida syujetni aks 
ettirish yuzaga keladi. Bola qo’lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish 
keraqiigini aks ettiradi.
Navbatdagi bosqich rolli o'yin bo’lib, unda bolalar o’zlaiiga tanish bo’lgan 
kattalar mehnati va qishilarning ijtimoiy munosabatilarini aks ettiradilar.
Bolalar o’yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to’g’risidagi ilmiy 
tasavvurlar har xil yosh guruhlarida bolalarning o’yin faoliyatiga rahbarlikning aniq 
sistemali tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi.
SHunday qilib MTMning pedagogik jarayonda o’yinning tutgan o’rni juda katta 
bo’lib, o’yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim 
berishda keng foydalaniladi. Zero:
- o ’yiin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib, unda bolaning ruhiyati namoyon 
bo’ladi;
- o ’yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotini tashqil etish shaklidir;

115


- o ’yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;
- o'yin bolalarga ta'lim va tarbiya berishning metod va usulidir;
- o'yin bolalarni o’quv faoliyaliga tayyorlash vositasidir.
Taniqli pcdagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari o'yinga kompleks 
rahbarlik qilish orqali bolalarga o'yinning mazmuni, tashqil etilishi, tuzilishi. 
bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o’yinining rivojianish darajasiga ta’sir 
etish mumkinligini ko’rsatdi.
Bolalar o'yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko’ra xilma-xildir.
Bolalar o'yinlaring 
turkumlari
Ijodiy o ’yinlar
Qoidali o'yinlar
Ijodiy o’yinlarni bolalar o’zlari o’ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan 
qoidalar boMmaydi. O’yin qoidasini bolalar o’zlari o’yin Jarayonida belgilashadi.
Qoidali o ’yinlaming mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali 
o’yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o’yinlar, harakatli o’yinlar, musiqaviy 
o’yinlar, ermak o’yinlar. 
^
Bolalarga ta'lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o’yinni tanlay bUishi, 
unga to’g’ri rahbarlik qilish “MTM ta'lim va tarbiya dasturi”da belgilangan 
vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlaydi.
O ’yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o’yinni 
maktabgacha yosh davrida etakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O ’yin tufayli bolaning 
yuqori rivojianish bosqichiga o’tishini ta'minlovchi sifatlar shakllanadi, uni 
ruhiyatida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi.
O ’yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o’zaro ta'sir etgan holda 
shakllanadi. O ’ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarak-atrof 
to'g'risidagi tasavvurini, kattalarga va o’rtoqlariga bo’lgan munosabatini bilib oHsh 
mumkin. 
.
SHaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham 
rivojlantirish kerak. 
Masalan, bolaning o’yiniga qiziqishini, tashqilotchilik 
qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmun jihatidan boy o ’yinlar yaratilishi kerak. 
Bolalarning ijodiy o’yinlarini rivojlantirish uchun esa o’z navbatida yaxshi tashqil 
etilgan bolalar jamoasi zarur bo’ladi.
O ’yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, MTMning ta'lim- 
tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama tarbiyalashda katta o’rin tutadi.
O’yinda bola organizmiga xos bo’lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy 
faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. SHuning uchun ham 
bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o’yin munosib o’rin egallaydi.
116


о yin ta lim va mashg'ulotlar bilan. kundalik hayoldagi kuzalishlar bilan uzviy 
bog liq bo’lib juda katta ta'Iim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o’yinlarda muhim 
bilim egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi. 
lufakkurini, hayolini, diqqatini, xotirani Taollashtirishni talab qiladi, bola masalalarni 
mustaqil hal qilishga o'rganadi. o'ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq 
va osonroq usul o'ylab topadi, o 'z bilimlaridan foydalanish va uni so'z bilan 
ifodalashga o’rganadi.
О yinda aks ettirlayotgan narsani bilib olishga qiziqish u>g’onadi. Ko’pincha 
о yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini. bilim doirasini kengaytirish 
uchun hizmat qiladi. Ijodiy o’yinni tor didaktik maqsadlarga bo’ysindirib bo'lmaydi. 
bu o’yin yordamida juda katta tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.
Qoidali o’yin bolaning sensor rivojianishini, taffakkur va nutqini. ixtiyorsiz 
diqqatini va xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish 
imkonini beradi. Har bir qoidali o'yin ma'Ium didaktik maqsadga ega bo'lib. bolani 
umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Ta'limning o’yin shaklida bo’lishi muhim 
ahamiyaiga ega bo’lib bolaning umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi. 
Ta'limning o’yin shaklida bo’lishi muhim ahamiyatga ega bo'lib. bolaning yosh 
xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o’yin bolaning aqliy taolligini oshiradi, o’yinda 
bola mashg’ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu ta'Iim 
butunlay o’yin shaklida bo’lishi kerak degan gap emas. Ta'Iim turli usullar va 
metodlarni qo’llashni talab etadi. O’yin ta'limning shakllaridan biri bo’lib, boshqa bir 
metod*bilan qo’shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat. 
so’zfeb berish va hakozolar.
Bola o’ynayotib o’z bilimidan foydalanishni, uni har xil sharoitda ishlata bilishni 
o’rganadi. Ijodiy o ’yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga 
keng yo’l ochiladi.
O’yinda aqliy rivojianish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O’yin 
jarayonida yuz bergan keehilmalar bola opgida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun 
o’yin bolada yaxshi hislarni, ulug’vor orzular va intilishlarni, sog’lom qiziqishlarni 
tarbiyalashga yordam beradi.
O ’yin mustaqil faoliyat bo’lib, bu jarayonda bolalar o’z tengdoshlari bilan aloqa 
qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy keehilmalar 
birlashtiradi. SHuning uchun o’yin do’stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa 
hayoti malakalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhimdir. 
Birgalikdagi o’yin bilan birlashgaii kichik bolalar jamoasida murakkab munosabatlar 
vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o’yinga jalb qilish, bolalar 
o ’rtasida do’stlikka, haqqoniyiikka, o’rtoqiarini javobgarligini sezishga asoslangan 
munosabatlar o’rnatishdan iborat.
O’yin mehnat tarbiyasi vazitasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o’z 
o ’yinlarida har xil kasbdagi qishilarni aks ettiradilar. Bu bilan ular kattalarning 
harakatlariga taqlid qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga mehnatiga 
bo’lgan munosabatlarini ham aks ettiradilar. O’yin bolada ko’pincha mehnat qilish 
xoxishini uyg’otadi, o’yin uchun keraqli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur 
qiladi. O’yinda hozirgi zamon bolalariga xos bo’lgan texnikaga qiziqish paydo
117


bo'ladi va rivqjlanadi, bolalar hur xil mashinalar yasaydilar va texnik o'yinchoqiar 
bilan o'ynaydilar.
O ’yin esletik tarbiyaning muhim vositasidir. O'yinda ijodiy hayol, fikrlash 
qobiliyali yuzaga kcladi va rivojianadi. YAxshi tanlangan o ’yinchoq badiiy didni 
tarbiyalashga yordam bcradi. Ilarakatli o ’yinlarda harakatning go’zalligi va maromi 
bolalarni o'/.iga matUm qiladi.
O yinning kalla tarbiyalovchi ahamiyali o’Z4) zidan amalga oshmaydi. O'yin 
bdoyda. hallo 7лга11 bo'lishi, ba'zan yomon hislarni qo’zg'atishi mumkin. Tarbiyachi 
o'yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojianlirish vazifasini amalga oshirish 
uchun unga munta/ л т ravishda ta'sir etib borishi zarur.
Bu vazifani hal ctishda o'yin bolalar bog'chasidagi la'Iim-tarbiyaviy ishning 
hamma 
lomonlari 
bilan 
bog'langan 
bo'lishi 
kerak. 
O’yinda 
bolalarning 
mashg'ulollarda olgan bilim va malakalari aks eladi va rivojiantiriladi. ular orqali esa 
bola hayolga o'rgatiladi. Ikkinchi lomondan. o'yinda tarbiyalangan sifatlar 
I'aoliyalning boshqa turlariga ko’chiriladi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin