Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Savol va topshiriqlar 1
 2
 3
 4
 5
1. Qanday omillar Koreyaning kuchsizlanishiga olib keldi?
2. Yaponiya bosqini Koreya iqtisodi uchun qanday oqibatiar keltirdi?
3. Manchjurlar bosqinining Koreya uchun oqibatiari haqida so ‘zlab
bering.
4. Qirol Yonchjon davridagi isiohotiar qanday maqsadga qaratilgan edi?
5. Buyuk davlatlarning Koreyani «ochish» uchun harakatlari qanday
maqsadni ко ‘zlagan edi?
35-§. XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan
davrda Usmoniylar imperiyasi
Davlat tuzumi. 
Usmoniylar imperiyasi so‘z yuriti- 
layotgan davrda ham mutlaq monarxiya b o ‘lib, o ‘rta 
asrlarga xos harbiy davlat belgilari to ‘la saqlanib qoldi. 
H uquqi hech narsa bilan cheklanm agan sulton davlatni 
boshqarar edi. Aynan uning zulmga asoslangan hokimiyati 
va yangilikni qabul qilishga mutlaqo tayyor emasligi jamiyat
130


taraqqiyoti yo‘lidagi asosiy g‘ovga aylandi. Aholining ru- 
honiylardan boshqa barcha davlat xizmatchilari sultonning 
quli hisoblangan. To‘g‘ri, mamlakatda islohotlar o‘tkazishga 
urinishlar ham bo‘ldi. Biroq ular mutaassib din arboblari va 
mustamlakachi chetel davlatlarining qarshiligi tufayli amalga 
oshmay qolaverdi.
«Sharq masalasi». 
XVIII asr oxiriga kelib Yevropaning 
kuchli davlatlari Usmoniylar imperiyasining zaiflashib qolgan- 
ligidan foydalanib, uning mustamlaka hududlariga ko‘z olay- 
tira boshladilar. Bu hududlar geografik va siyosiy jihatdan 
katta ahamiyatga ega, tabiiy boyliklarga, xomashyolarga boy 
o‘lkalar edi.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya va Rossiya hukmron 
doiralarining har biri bu oMkalardan mumkin qadar ko‘proq 
o ‘ljani qo‘lga kiritishga intilardilar. Yevropa davlatlarining 
Usmoniylar imperiyasiga qaram oMkalarni egallab olish uchun 
o ‘zaro kurashi tarixga «Sharq masalasi» degan nom bilan 
kirgan. Buyuk Britaniya va Fransiya imperiyani o‘z ta’sirlarida 
tutishga urindilar.
Rossiya esa Turkiyaga qaram bo‘lgan Bolqon yarimorolida 
mustahkam o ‘rnashib olishga va Qora dengizning Bosfor 
hamda Dardanell b o ‘g‘ozlarini, shuningdek, Istanbul shahrini 
qo‘lga kiritishga intilgan.
Avstriya esa Bolqonning Rossiya ta ’sirida qolishiga aslo 
toqat qila olmas edi. Aksincha, uning o ‘zi ham Bolqonda 
mustahkam mavqega ega bo‘lib olish uchun intildi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin