Savol va topshiriqlar
1. Afrika q it’asi xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqxyotda boshqa q it’a
xalqlaridan orqada qolib ketganligi sabablari haqidagi o ‘z
mulohazalaringizni daftaringxzga qayd eting.
2. Afrika qay tariqa mustamlakaga aylantirildi?
3. Afrika xalqlarining milliy-ozodlik harakatlari haqida nimalami bilib
oldingxz?
M u s t a q il ish
Afrika va Lotin Amerikasining mustamlakalarga
aylantirilishi va
ulaming milliy-ozodlik kurashi jarayonini taqqoslang.
VI BOB. IJTirVlOIY-SIYOSIY TA’LIMOTLAR
39-§. Yevropada XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan
davrda ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar
Siz XVIII — XIX asrlarda G ‘arbiy Yevropa va Ame-
rikada yuz bergan inqilobiy o ‘zgarishlar bilan tanishdingiz.
Bir qator mamlakatlarida feodal tartiblarni bekor qilgan
bu inqiloblar mehnatkashlarga haqiqiy erkinlik olib kelmadi.
Yollanma ishchilar hayotining katta qismi ishlab chiqarishda
yoki ish izlab o ‘tardi. Bolalar yosh paytidan bir xil, og‘ir
mehnatga ko‘nikishardi. Mehnat
sharoiti va uning xarakteri
ishchilarning hayot tarzini va iste’molning darajasini belgilardi.
Ular boshqa toifa vakillaridan axloqning qattiqligi, ba’zan esa
qo ‘polligi bilan farqlanadi. Chunki sanoat ishchilarining
mehnat sharoiti juda og‘ir edi. XIX asrning 70-yillarigacha
ish kunining uzunligi Angliya va A Q SHda — 10 soat,
G erm aniya va F ransiyada — 10—12 soat, Rossiya va
Yaponiyada — 12—16 soatni tashkil qilardi. Ayollar va bolalar
mehnatiga teng ish vaqti uchun kamroq haq to ‘lanardi.
«Fabrika ayollari», asosan, 13—14 yoshli qizlar edi.
Parlamentlarning qator qarorlariga
qaramasdan bolalar
mehnatidan og‘ir ishlarda ham foydalanilar edi. 10—12 yoshli
bolalar tamaki fabrikalaridan tortib toshko‘mir shaxtalarigacha
mehnat qilishardi. Bolalar mehnati uchun ayollarnikidan ham
kam haq olardilar. Ularning ko‘pchiligi bolaligidayoq sog‘-
lig‘idan ayrilgan «fabrika bolalari» edi.
143
Jamiyatdagi bunday ahvol uning ilg‘or kishilarini adolatli
jamiyat to ‘g‘risida yangi g‘oya va ta ’limotlarni yaratishga
undadi. XIX asrda paydo b o ‘lgan shunday ta ’limotlarning
asosiylari konservatizm, liberalizm va sotsializm nomlarini oldi.
Konservatizm.
XVIII asrdayoq paydo bo‘lgan konservatizm
(lotincha conservatio —
saqlab qolmoq, qo‘riqlamoq) mavjud
siyosiy tartib — monarxiya boshqaruvini saqlab qolish za-
rurligini asoslashga urinardi. Uning ko‘zga ko‘ringan arbobla-
ri — ingliz Edmund Berk va fransuzlar Jozef de Mester hamda
Lui de Bonald edi. Konservatizm buqua jamiyatidagi asl-
zodalar mafkurasi edi. Konservatizm
vakillari ham mavjud
holatni o ‘zgarishlarsiz saqlab turish mumkin emasligini yaxshi
tushunardilar.
Konservatorlar jamiyat taraqqiyotida yuz bergan o‘zga-
rishlar natijasida individualizm, raqobat mavjudligini tan olish-
ga majbur boMdilar. Ba’zi konservatorlar feodal aristokratiya
hukmronligiga qarshi kurash jarayonida yuz bergan burjua
o ‘zgarishlarini ham m a’qullashga tayyor edilar. Bundaylar
neokonservatizm (yangi konservatizm) vakillari bo‘lib, ularning
ko‘pchiligi awalgidek shaxsning davlatga bo‘ysunishi
zarur-
ligini tan olsalar-da, bu hoi endi ularga xususiy mulkni himoya
qilish va hukum atning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga qisman
aralashishi mumkinligini e’tirof etishlariga xalaqit bermagan.
Ammo, ularning fikricha, bu o‘zgarishlar jamiyatning asosi
bo‘lgan an’analarga putur yetkazmasligi lozim edi. Konser-
vatizmning xarakterli belgisi,
eng awalo, an’analarni muqaddas
deb bilishdir. Konservatorlar jamiyatidagi mavjud sinflar va
qatlamlar orasidagi qat’iy chegaralarning
saqlanishi jamiyatda tinchlik va tartibni
saqlashning zarur shartlaridan biri deb
ishonadilar.
Liberalizm.
Liberalizm (lotincha li
berum — ozodlikka mansub) —
shaxs
erkinligini va bu erkinlikni kam roq
cheklaydigan davlat tuzilishini ilmiy
asoslaydigan g‘oyaviy-siyosiy oqim. Li
beralizm vakillari jamiyatda xususiy mulk
shaxs erkinligining zaruriy sharti ekan-
ligini; erkin bozor,
erkin raqobat va erkin
Dostları ilə paylaş: