topishi lozimligini; huquqiy davlat g‘oyasi, fuqarolarning
qonun oldida tengligi, bag‘rikenglik va
ozchilik huquqlarining
himoyalanishi zararligini; asosiy huquq va erkinliklar (vijdon,
so‘z, yig‘ilishlar, turli uyushmalar va partiyalar tuzish) va
umumiy saylov huquqi joriy etilishini o‘z g‘oyalarining zarariy
sharti deb qarardilar. Liberalizm hokimiyat tepasida turgan
sanoat buijuaziyasining g‘oyasi sifatida paydo bo‘ldi.
Uning
rivojlanishiga ingliz Jon Lokk va fransuz Shari Moteskelar
katta hissa qo‘shdi. XIX asr o‘rtalariga kelib G ‘arbning ilg‘or
mamlakatlarida hukmron dunyoqarash bo‘lib olgan liberalizm
mutlaq monarxiyaga qarshi faol kurash olib bordi.
Sotsializm.
M ehnatkashlar erkinligi
uchun kurashning
dastlabki davridagi
achchiq tajriba yangi — sotsialistik va
kom m unistik nazariyalarning paydo
bo‘lishiga olib keldi. Sotsializm faqatgina
eski tartib larn i y o ‘q
qilish zarurligi
haqida emas, insonlarning to ‘liq ijtimoiy
tengligi mavjud bo‘lgan yangi jamiyatni
qurish haqidagi ta’limot ham edi. XIX
asrning birinchi yarmidagi sotsialistlar
yangi jam iyatni
ishlab chiqaruvchilar
jamoalarining ittifoqi sifatida tasvirlaydi.
Ularning g‘oyasi fanda utopik sotsializm no mini olgan. Utopik
sotsializmning yirik namoyandalari fransiyalik Sen-Simon va
Shari Fure hamda buyuk britaniyalik Robert Ouen pul hukm-
ronligi, ikkiyuzlamachilik hamda
aldovga asoslangan jamiyat
o‘rniga kishilar mehnatkash va ekspluatatorlarga ajratilmay-
digan yangi jamiyat qurish loyihasini taklif qildilar. Ular
g‘oyasining reallikdan uzoq bodganligi uchun utopik sotsia
lizm, ta ’limot tarafdorlari esa utopik sotsialistlar nomini oldi.
XIX asr o ‘rtalarida mavjud sotsialistik g‘oyalar o ‘rniga
germaniyalik K. Marks va F. Engelslar ishlab chiqqan kom
munistik jamiyat qurish haqidagi yangi ta ’limot vujudga keldi
va u marksizm no mini oldi. Kommunistik g‘oya tarafdorlarini
kapitalizmdan sinfsiz jamiyatga o‘tish
imkoniyatiga ishonch
birlashtirib turardi. Kommunistlar jamiyatning barcha a’zo-
larini mehnatkashlarga aylantirish, jamiyat boyliklarini teng
taqsimlash insoniy ehtiyojlarning qondirilishini ta ’minlaydi,
deb o ‘ylardilar.
R. O uen.
10 - Jahon tarixi
145
Marksizmning paydo bo‘lishi Yevropaning bir qator mam-
lakatlarida ishchilar harakatining o‘sishi, ayniqsa,
Fransiyadagi
inqilobiy voqealar bilan bog‘liq edi. Marks va Engels ka-
pitalizm o ‘z rivojlanishida mehnat bilan kapital o ‘rtasida
kelishib b o ‘lmaydigan qarama-qarshilik tug‘dirishiga isho-
nardi. Marks kapitalizm taraqqiyoti sinfiy ziddiyatning
o‘sishiga olib kelishini ham aytib o‘tgandi.
Uning fikricha,
kam sonli kapitalistlar bilan borgan sari ko‘payib boradigan,
juda og‘ir hayot kechiradigan va hech qanday xususiy mulkka
ega bodmagan ko‘p sonli ishchilar — proletariat o‘rtasidagi
ziddiyat to ‘xtovsiz keskinlashib boradi va kom m unistik
inqilobga olib keladi. Ammo kapitalizm rivojlanishining keyingi
bosqichi Marksning ushbu fikrini tasdiqlamadi.
Dostları ilə paylaş: