Jahon tarixi


 8 -§ . XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

3 8 -§ . XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan
davrda Afrika xalqlari
140


(AQSH Prezidenti Monro nomidan olingan) manzilgohi tashkil 
etildi va Amerikaning sobiq qora tanli qullaridan bir qismi 
bu yerga joylashtirildi. Joylashib olgan bu sobiq qullar man- 
zilgoh hududini tobora kengaytirib bordilar.
1847-yilda esa Liberiya ozod davlati tuzilganligini e’lon 
qildilar.
0 ‘z davlatlarida G ‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikadagi 
ilg‘or tartib-qoidalarni joriy etdilar. Liberiya Buyuk Britaniya 
va Fransiya o‘rtasidagi raqobatdan ustalik bilan foydalanib
o‘z mustaqilligini saqlab qola oldi.
Efiopiya. 
XIX asrda ham Efiopiyada o‘rta asr munosa- 
batlari hukm surardi. U bir necha knyazliklar birikmasidan 
iborat davlat edi. Ularning har biri o ‘z qo‘shiniga ega edi. 
Bu knyazliklar nomigagina markaziy hokimiyatni tan olardilar. 
Yevropa davlatlari ana shu omildan foydalanishga urindilar. 
Mamlakatni chetellik dushmanlar bosib olish xavfi tobora 
kuchayib bordi.
Shunday bir sharoitda Efiopiya siyosat maydonida kichik 
yer egasining o‘g‘li Kasa chiqdi. Kasa Efiopiyani yagona 
davlatga birlashtirdi va 1855-yilda o‘zini imperator deb e’lon 
qildi. U yaxshi harbiy tayyorgarlik ko‘rgan qo‘shin tuza oldi. 
Yirik feodallarni o ‘z q o ‘shiniga ega b o ‘lish huquqidan 
mahrum etdi. Mamlakatda iqtisodiyotni ko‘tarishga qaratilgan 
qator islohotlar o‘tkazdi. Imperator har bir fuqaroni o‘zlari 
oldin shug‘ullangan m ehnat faoliyatini davom ettirishga 
chaqirdi.
Biroq uning islohotlari yirik feodallar va cherkovning qar- 
shiligiga uchradi. Buyuk Britaniyaning aralashuvi bilan 1867- 
yilda Kasa hokimiyati ag‘darildi. Biroq Buyuk Britaniya 
Efiopiyada mustahkam o‘rnasha olmadi. Efiopiya xalqining 
o‘zgalarga qaram boMmaslik yodidagi irodasi Buyuk Brita­
niyaning harakatlarini yo‘qqa chiqardi. Shu tariqa Efiopiya 
ham o‘z mustaqilligini saqlab qoldi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin