Jahon tarixi


Janubiy Afrikaning mustamlakaga aylantirilishi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Janubiy Afrikaning mustamlakaga aylantirilishi. 
XIX asr 
boshlarida Buyuk Britaniya Janubiy Afrikadagi gollandlarga 
qarashli Кар koloniyasini bosib oldi. Koloniya aholisi burlar 
deb atalardi. Burlar — Janubiy Afrikadagi golland, fransuz va 
nemis mustamlakachilarning avlodi edilar.
Burlar endi u yerdan ko‘chishga majbur boMdilar. Ular 
yangi joyda ikkita davlat tuzdilar. Ulardan biri Erkin Oranj
141


Respublikasi, ikkinchisi esa Transvaal deb ataldi. Burlar ma- 
halliy aholiga nisbatan o ‘ta shafqatsiz munosabatda b o ‘1- 
dilar.
Fransiya mustamlakalari. 
Misrda XVIII—XIX asrlar che- 
garasida mamluk jangchilar (asosan, qullikka tushirilgan Gra- 
ziya va Shimoliy Kavkaz aholisi) va mahalliy aholi mam- 
lakatga bostirib kirgan Napoleon Bonapart boshchiligidagi 
fransuz qo‘shiniga qarshi kurashda qatnashdi. Fransuz qo‘- 
shinlarining qolgan-qutgani taslim bolganidan keyin misr- 
liklar Buyuk Britaniya qo‘shinini haydab chiqarish uchun 
kurashdilar.
Rasman Misr Usmoniylar imperiyasining oliy hokimiyati 
ostida bo ‘lsa-da, amalda deyarli to ‘la mustaqillikni saqlab 
qolgan edi.
Fransiya 1830-yilda Jazoirni bosib oldi. Jazoir aholisi 
fransuz mustamlakachilariga shiddatli qarshilik ko‘rsatdi. Is- 
tilochilarga qarshi milliy-ozodlik kurashini olib bordi. Bu 
kurashda jazoirliklar yoTboshchisi Abdulqodir alohida rol 
o ‘ynadi.
1847-yilda Abdulqodir qo‘shini qurshab olindi va tor-mor 
etildi. Abdulqodirning o‘zi halok bo‘ldi. Biroq, milliy-ozodlik 
kurashi to ‘xtab qolmadi. Jazoirliklar uzoq yillar davomida 
istilochilarga qarshi milliy-ozodlik kurashi olib bordilar.
Marokash aholisi mamlakat ichkarisiga kirib borgan Por­
tugal, ispan va fransuz mustamlakachilariga muvaffaqiyatli 
ravishda qarshilik ko‘rsatdi. Hind okeanida Fransiya Mada- 
gaskar orolini bosib olishga bir necha bor urinib ko‘rdi, lekin 
muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Mustamlakachilar Afrikaning harbiy-texnik jihatdan qo- 
loqligidan, uning xalqlari tarqoq ekanligidan, qabilalar o ‘rta- 
sidagi o‘zaro ziddiyatlardan ustalik bilan foydalandilar. XIX 
asrning 70-yillarida Afrikaning ichkarisidagi katta maydonlar 
hali yevropaliklarga deyarli nom a’lum edi. Bu hududlarning 
Yevropa davlatlari o‘rtasida mustamlaka sifatida taqsimlanishi 
XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida tugallandi. Bu 
haqida IX sinfda bilib olasiz.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin