berishdan, jamiyatdagi barcha tabaqalarning tipik vakillarini
ko‘rsatishdan iborat edi.
Balzak romanlarining qahramonlari
jinoyatlar evaziga
o ‘z boyliklarini ko‘paytirayotgan bankir va savdogarlar, be-
rahm va shafqatsiz sudxo‘rlar, o ‘z hayotini behuda o‘tka-
zayotgan mansabparast va shuhratparast kishilar — o ‘z maq-
sadlariga har qanday vositalar bilan erishadigan kishilardir.
Balzak asarlari burjuaziya jam iyatiga qarshi o ‘ziga xos
aybnoma edi.
Aleksandr Sergeyevich Pushkin.
XIX
asrning yana bir yirik ijodkori rossiyalik
A.S. Pushkin (1799-1837) edi.
U Moskva
shahrida tu g ‘ildi. Peterburg litseyida
o‘qib ta ’lim oldi.
Pushkin ms adabiy tilining shakl-
lanishiga ulkan hissa qo‘shgan
yozuvchi
va shoir. U Rossiyada krepostnoylik
zulmi kuchaygan,
erkin fikrli kishilarni
ta ’qib etish avj olgan davrda yashadi.
A .S. P u sh k in p o d sh o n in g m u stab id
hokimiyatini ag‘darish uchun kurash-
gan dekabristlarga xayrixohlik bildirdi. 0 ‘z she’rlarida zulm
va krepostnoylikni qoraladi.
Bu esa podsho va hukmron tabaqalarda norozilik uyg‘otdi.
Shu tufayli u bir necha marta surgun qilindi.
Pushkinning
ms adabiyoti oldidagi xizm atlari buyuklashgan va ijodiy
faoliyati yangi-yangi qirralar kasb etib borgan sari uning
atrofidagi qora kuchlar bir-birlari
bilan birlasha va faollasha
boshladilar.
Ular turli ig‘volar tarqatib, oxir-oqibatda u bilan Fransiya
elchisining o ‘g ‘li J. D antes o ‘rtasida duel uyushtirishga
erishdilar. Ulug‘ shoir duelda halok bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: