O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


 - BOB. PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   284
2 - BOB. PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB 
AMALIYOTIDA O‘QITUVChI MAHORATI MASALALARI 
Tayanch tushunchalar: 
Mudarrislar; murabbiylar; ulamolar; miloddan avvalgi VII – VI 
asrlar; ibtidoiy jamoa; zardushtiylik dini; “Avesto”; kohin muallimlari; 
Axura Mazda; uyg‘onish davri; suxandon; “Guliston” asari; mutaasib 
johil mudarrislar; “Qobusnoma”; “qattiq” va “yumshoq” usullar; iqti-
dor; ma’naviy didaktik qarashlar; “Axloqi Muhsiniy” asari; ustozlik 
shartlari; javonmardlik tariqati; antik davr; akademiya; Sparta; Afina; 
notiqlik san’ati; pedagogik–psixologik takt; jargon; varvarizm; 
vulgarizm; kons elyarizm; burch va mas’uliyat. 

2.1. Eng qadimgi davrlardan eramizning XII asrlarigacha 
o‘qituvchilik faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy qarashlar. 
Ta’lim va tarbiya tarixini o‘rganar ekanmiz, uning rivojlanishi, yillar 
davomida shakllanib borishi ustoz va shogird faoliyatiga bog‘liqligining 
guvohi bo‘lamiz. Eng qadimgi davrlardayoq mudarrislar (o‘qituvchilar) 
ta’lim va tarbiyaning samarali ta’sir usullarini qidirib topib, hayotga 
tatbiq 
eta 
boshlaganlar. 
Buning 
natijasida 
eramizdan 
oldingi 
davrlardayoq ta’lim-tarbiyaning samaradorligiga erishilishi uchun o‘qi-
tuvchiga bo‘lgan talablar kuchayib bordi. O‘qituvchi mahoratini tako-
millashtirish yuzasidan turli g‘oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo‘la 
boshladi.
Miloddan avvalgi VII – VI asrlarda O‘rta Osiyoda ishlab chiqarish 
kuchlarining ortib borishi bilan ijtimoiy hayotda ham ijobiy o‘zgarishlar 
ro‘y berdi. Turk va fors tilida so‘zlashuvchi xalqlar o‘rtasida o‘zaro 
madaniy aloqalar yuzaga keldi. Yosh avlodni mustaqil hayotga tayyor-
lashda asrlar davomida qo‘llanib kelingan, yerli millatning o‘ziga xos urf 
– odati va an’analariga mos ravishda tatbiq etilgan ta’lim va tarbiyaning 
noyob usul va vositalari, tadbir va shakllari vujudga kela boshladi. Hali 
maktab bo‘lmagan, pedagogik fikr tarkib topmagan davrdayoq qabila 
a’zolari bolalarda mehnatsevarlik, axloq-odob, nafosat, do‘stlik, mehr-
shafqat, insonparvarlik sifatlarini tarkib toptirish sohasida aql idrok bilan 
faoliyat olib borishgan. Ularning ta’lim-tarbiya usullari yillar davomida 


33 
hayot tajribasi va sinovlaridan o‘tib, sayqallanib o‘sha davrning olijanob 
mevasi sifatida bizning davrimizgacha etib keldi.
VII asrlarga kelib O‘rta Osiyoda ilm-fan va madaniyat sohasidagi 
rivojlanish bevosita ta’lim va tarbiya beruvchi mudarrislarning qizg‘in 
faoliyati hamda ularga qo‘yiladigan talablarning nihoyatda rang-barang-
ligi va xilma-xilligi bilan diqqatga sazovordir. Ilk ibtidoiy jamoa va 
quldorlik davrlaridan boshlab, bolalarning ta’lim va tarbiyasiga javobgar 
ulamolar hamda mudarrislar nasihat, tushuntirish, rag‘batlantirish, 
maqtash, namuna ko‘rsatish, tanbeh berish, ta’qiqlash, majbur qilish, 
po‘pisa qilish, qo‘rqitish kabi usullardan foydalanganlar. Biroq mudar-
rislarning o‘zi bolaga ta’lim-tarbiya berish uchun mukammal amaliy va 
nazariy bilimga ega bo‘lishi kerak edi. Shu sababli mudarrislar savodli 
madrasa toliblari orasidan tanlangan va ma’lum muddat tayyorgarlikdan 
o‘tishgan.
Markaziy Osiyoning Xorazm zaminida shakllangan eng qadimiy va 
“o‘tmishdagi dinlarning eng kuchlilaridan bo‘lgan”
(Yu.A.Rappoport) 
zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da bolalar ta’lim-
tarbiyasiga oid qiziqarli ma’lumotlar berilgan. “Avesto”da ta’kidlanadiki, 
bilim va tarbiya hayotning eng muhim tirgagi bo‘lib hisoblanadi. Har bir 
yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yozishni o‘rganish asosida 
bilim olishi kerak, so‘ngra esa odob-axloqi bilan eng yuksak pog‘onaga 
ko‘tarilsin. Kohin muallimlari oqsoqollar Kengashi tomonidan tanlanib, 
qat’iy belgilangan qoidalar asosida yoshlarga ta’lim va tarbiya berishgan. 
“Avesto”da bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qoidalari quyidagi tartibda 
tavsiya etilgan: 
a) diniy va axloqiy tarbiya; 
b) jismoniy tarbiya;
v) o‘qish va yozishga o‘rgatish. 
Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan muallimlar bolalarni yetti yoshidan 
boshlab, diniy tarbiyaga asoslangan maktablarga jalb qilishgan. Maktab-
larda “muqaddas yashil ko‘ylak” kiydirish marosimi o‘tkazilgach, kohin 
muallimlar bolalarni “Avesto”da keltirilgan madadkor kuchlarni ulug‘-
lovchi ezgulik va yaxshilik ma’budasiga sig‘intirishgan. Duolar quyidagi 
so‘zlar bilan boshlangan: “Men zardushtiylik diniga sodiq qolishga va’da 
beraman, men yaxshi fikrlar, yaxshi so‘zlar, yaxshi amallarga isho-
naman...”. Marosimdan so‘ng muallimlar bolalarga sovg‘alar ulashish-
gan. Muallimlar mashg‘ulotlar jarayonida bolalarga nisbatan jismoniy 
jazodan ko‘ra ko‘proq o‘z diniga ishonch va e’tiqodni, dunyodagi barcha 


34 
yaxshilik 
va 
ezguliklarning 
bunyodkori, 
ilohiy 
Axuramazdaga 
sig‘inishni, odamlar boshiga yovuzlik va yomonliklarni yog‘diruvchi 
Axrimandan esa nafratlanish hissini tarbiyalar edilar. Bolalarning sog‘-
lom va baquvvat bo‘lib o‘sishi bilan birga o‘z dinining barcha rasm-
rusumlarini to‘liq bajarishiga, o‘rganilayotgan fanlarni puxta bilishiga, 
axloqiy pokligiga, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, saxovatlilik kabi fazilat-
larni egallashiga kohin muallimlari javobgar edilar. “Avesto”da er, suv 
va havo muqaddas deb e’lon qilinib, muhitni iflos qilgan va uni asrash 
qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish bilan jazolanardi. Tabiatni 
asrash, uni obod qilish yoshlik davrlaridanoq ular ongiga singdirilgan. 
Zardushtiylik dini ta’limotida ilgari surilgan umuminsoniy qadriyatlar 
majmuasi ezgulik va yaxshilik, jaholat va yomonlik, ta’lim va tarbiya 
haqidagi g‘oyalari bilan ulkan pedagogik ta’sir kuchiga ega bo‘lgan. 
Bunda tarbiyachi muallimlarning o‘z kasbiga sadoqatini alohida ta’kidlab 
o‘tish lozim. 
Zardushtiylik dinida iymon uchta tayanchga asoslanadi: 
fikrning sofligi, so‘zning sobitligi, amallarning insoniyligi.
Muallimlar 
ta’lim va tarbiyada yoshlar ongiga “bergan so‘zning uddasidan chiqish, 
unga sodiq qolish, savdo–sotiq va shartnomalarga qat’iy amal qilish, 
qarzni o‘z vaqtida to‘lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo‘lish, halol 
mehnat, yaratuvchilik, yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash, iymon–
e’tiqodli bo‘lish, miskinlarga yordam berish, yaxshi niyat, yaxshi so‘z va 
yaxshi amallarga qo‘l urish” kabi insoniy tuyg‘ularni singdirish uchun 
qizg‘in mehnat qilganlar. Xullas, “Avesto” dunyodagi eng qadimgi din – 
zardushtiylik ta’limotining axloqiy falsafasi sifatida e’tirof etiladi. 
Buyuk allomalarimiz o‘z asarlarida mudarrislar kasbining nozik-
ligini, mas’uliyatli ekanligini va murakkabligini, shu bilan birga sharafli 
ekanligini, yoritib, muallimning mahorati, ularga qo‘yilgan talablar, 
fazilatlariga oid qarashlar, shogirdlar bilan munosabatga kirishish maho-
rati, muomalasi to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirganlar. Uyg‘onish 
davrining yetuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, 
Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus, Abul-Qosim Umar Az-
Zamaxshariy, Shayx Sa’diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Abdurahmon 
Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy kabilarning ijodiy 
merosi pedagogik tafakkurni shakllantirishda bo‘lajak murabbiylarga 
muhim manba bo‘lib hisoblanadi. Ular avlodlardan avlodlarga o‘tib, o‘z 
qimmatini yo‘qotmagan mudarrislarni, tarbiyachilarni tayyorlash 
tajribalarini umumlashtirib, boyitib borishgan. Zero, insoniyat kelajagi va 
kurrai zaminning gullab-yashnashi faqat ta’lim va tarbiyaga bog‘liq 


35 
ekanligini buyuk mutafakkirlar chuqur his qilishgan. Shuning uchun 
muallimlar kuchi va g‘ayrati bilan barkamol avlodni tarbiyalash ularning 
eng yorqin orzusi bo‘lib kelgan. O‘zbekiston deb atalmish muazzam 
zaminimizda yashab o‘tgan allomalarning bu borada o‘z o‘rni va hurmati 
bor. Barkamol avlodni tarbiyalash, bunda muallimning o‘rni to‘g‘risida 
allomalarimiz ijodiy merosidan juda ko‘p misollar keltirishimiz mumkin. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin