fasliga, sog‘ish davriga, egizdiriladigan yem-xashak
turlariga va sifatiga bog'liq ekanligi aniqlangan.
Masalan, P.V.Kugenov ma'lumotiga ko‘ra, shvits
zotli sigirlar sutida - arginin 4,8 foiz, asparagin
kislotasi 7,6 foiz, alanin 3,8 foiz, glitsin 81,0 foiz,
glyutamin kislotasi 16,3 foiz, serin 6,7 foiz, treonin
4,2 foiz miqdorda ekanligi aniqlangan. Shunday qi-
lib, sut sanoatidagi kazein ahamiyati katta hisoblanib,
u sut mahsulotlari: pishloq, suzma, qatiq va boshqa
mahsulotlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Shu-
ningdek, kazeindan aviatsiya, to‘qimachilik va qog‘oz
sanoatida foydalanish uchun qimmatli yelim ham
tayyorlanadi. Kazeindan sun’iy jun ham tayyorlash
mumkinligi tajribalarda sinab ko‘rilgan.
Sut qandi. Sut qandi yoki laktoza yelindagi sut
bezlarida hosil bo‘ladi. Uning glyukozadan vujudga ke-
lishi aniqlangan. Sut qandi disaxarid hisoblangani holda
u glyukoza va galaktoza birikmasidan iborat. U suvda
yaxshi eriydi. Haroratning ko‘tarilishi bilan uning erish
xususiyati ham ortadi.
Sut qandi ayrim sut mahsulotlari (qatiq, pishloq,
sutdan tayyorlangan ichimliklar) tayyorlashda mu-
him rol o ‘ynaydi. Shu bilan birga, sutning achishi
va bijg‘ib qolishiga ham sababchi bo‘ladi. Sut qandi
mikroorganizmlar bilan birga sutni va sut mahsulotlarini
achitish imkonini beradi hamda uning natijasida sut
kislotasi vujudga keladi.
Sut qandi yosh bolalami oziqlantirishda va tibbi-
yotda penetsillin tayyorlashda ham foydalaniladi. Sut
qandi o ‘zining to‘yimliligi jihatidan oddiy qanddan
farq qilmaydi, lekin uning shirasi tubanroq bo‘ladi. Sut
qandi organizmda tez hazm bo‘ladi, shuningdek, yan-
gi tug‘ilgan organizmlami jadal o‘sishi va rivojlanishi
uchun juda muhim va qiymatli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: