Abu rayhon beruniy nom id ag I to sh k en t da vlat texn ika u n IV er site ti m. X. Aripova


G rafikli ch iq arish q u rilm alari



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/57
tarix27.09.2023
ölçüsü3,32 Mb.
#149843
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
Radioelektron apparatlarni loyihalash va modellashtirish asoslari

G rafikli ch iq arish q u rilm alari. Grafikli chiqarish qurilmalari 
(chop etish qurilmalari, grafquruvchilar va boshqalar) ALS lar 
texnik vositalari hisoblangan tashqi qurilmalar nomenklaturasi 
ichida yetakchi o ‘rinni egallaydi.
Chop etish qurilmalari chiqarish tartibi bo‘yicha quyidagilarga 
boMinadi:
- belgili, bunday chop etish qurilmalarida alfavitli-raqamli 
axborotlami chiqarish, chop etishning bitta siklida ketma-ket amalga 
oshiriladi;
- qatorli, ya’ni chop etishning bitta siklida bitta qatori shakl- 
lantiriladi va chop etiladi;
-
sahifali, ya’ni chop etishning bitta siklida butun sahifa 
shakllantirilib chop etiladi.
Fizik tamoyiliga qarab zarbli va zarbsiz harakatlanuvchi chop 
etish qurilmalariga boMinadi. Zarbli chop etish qurilmalarida tasvir- 
lami axborot tashuvchiga maxsus organ hisoblangan bolg‘acha, 
sterjen, igna va boshqalar orqali zarb berish yo‘li bilan hosil qili­
nadi. Zarbsiz qurilmalarda esa, tasvirlar qog‘ozga fizik-kimyoviy, 
elektrik yoki boshqa ta’sirlar natijasida chiqariladi.
Zarbli printerlar orasida eng ko‘p tarqalgan turi bo‘lib, matritsali 
chop etish qurilmalari hisoblanadi. Bunday qurilmalarda tasvirlar 
(belgilar) elektromagnit yoki peza elektrik uzatma orqali qo‘zg‘a- 
tilgan ignali sterjenga ega maxsus boshcha bilan shakllantiriladi. 
Matritsali chop etish qurilmasining oddiy modellarida, boshchada 9
- 12 ta igna, murakkab qurilmalarida esa, boshchada 18 - 24ta igna 
mavjud bo‘ladi. Murakkab modellar yuqori sifatli chop etish 
imkoniyatiga ega, lekin tezkorligi pastroq hisoblanadi.
Zarbli chop etish qurilmaiarining asosiy kamchiligi bo‘lib, uning 
tarkibida juda ko‘p mexanik elementlar mavjudligi va ular yuqori 
dinamik yuklanishda ishlashi, ishlash jarayonida shovqinlaming 
yuqoriligi va puxtaligining pastligi hisoblanadi.
Zarbsiz chop etish qurilmalari ham matritsali qurilmalarga 
kiradi. Bunday qurilmalarda tasvirlar bir millimetrda 3 tadan 32 
tagacha bo‘lgan alohida nuqtalardan hosil qilinadi. Ulaming 
ko'pchiligida bir xil tamoyil qo‘llaniladi, ya’ni oraliq tashuvchida 
elektrik yoki magnit tasvirlarni hosil qilib olib, keyin uni vizuallab 
va qog'ozga o ‘tkaziladi. Zarbsiz chop etuvchilar orasida termo chop
42


etuvchi, purkovchi va lazerli chop etuvchi qurilmalar eng ko‘p 
tarqalgan hisoblanadi.
Hozirda lazerli chop etish qurilmalari juda keng tarqalgan chop 
etuvchi bo‘lib hisoblanadi. Bunday qurilmalar yuqori aniqlikda (bir 
millimetrda 32-40 ta nuqta) va yuqori tezkorlikda chop etish (bir 
daqiqada 10 ta sahifa) xususiyatiga egadir. Ularda tasvirlar 
elektrografik usulda ro‘yxatga olinadi. Lazer barabanda yashirin 
tasvirlarni hosil qiladi, uni vizuallash maxsus kukun, ya’ni qog‘ozga 
issiqlik orqali biriktirilgan tonerda amalga oshiriladi. Bunda lazer 
nuri bitta koordinata bo‘yicha, oynali ko‘pyoqli prizma yordamida 
mexanik aylanadi, boshqa koordinata bo‘yicha esa, akustooptik 
deflektor yordamida elektron usulda aylanadi. Lazerli chop 
etuvchining ishlashini quvvatli mikro EHM boshqaradi, ya’ni IS 
yoki ShKdan olingan chiqish sahifalarini shakllantiradi. Lazerli 
chop etuvchining kamchiligi bo‘lib, narxining balandligi va rangli 
tasvirlarni shakllantirishning murakkabligi hisoblanadi. Lazerli chop 
etuvchilami ishlab chiqarish bo‘yicha oldingi o ‘rinlarda Hewlett- 
Packard firmasi hisoblanadi. Unchalik qimmat boim agan HP 
Laserjet printerining asosiy parametrlarini keltiramiz:
- chop etishning nominal tezkorligi bir daqiqada 4 sahifa;
- qog‘oz uzatuvchining hajmi 50 varaq;
- qog‘oz qabul qilgichning hajmi 20,50 varaq;
- buferli xotirasining minimal hajmi 512 Kbayt;
- buferli xotirasining maksimal hajmi 4,5 Mbayt;
- EHM bilan bog‘lovchi interfeyslar ketma-ket, parallel;
- tonerli kasseta resursi 3500 varaq;
- og‘irligi 10 kg.

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin