3-guruh. T o'g'riso'zlik haqidagi maqollardan ayting. 4-guruh. D o'stlik haqidagi m aqollardan yod ayting. 3. M ustaqil ijodiy ish. Har bir guruhga bitta m aqol beriladi. Guruh ishtirokchilari birga likda oxiri berilgan maqol bilan xulosalanadigan hikoya tuzib yozishadi. O 'qituvchi guruhlarga quyidagi maqollarni bo'lib berishi mumkin: 1) Hamjihatlik - davlat, Yolg'izlik — kulfat. 2) Ilmi yo 'q n in g ko'zi yumuq. 3) Odobli — elda aziz. 4) H unar bo'lsa qo'lingda, non topilar yo'lingda. H ikoyani ertak tarzida yoki hayotda uchraydigan biror voqea tarzida yozish bo'yicha maslahat va yordam beriladi. Masalan, „O dobli — elda aziz" m aqoli asosida taxm inan quyidagicha hikoya tuzish mumkin: Odiljon oyisi, dadasi bilan xolasinikiga m ehm onga bordi. X o - lasi m ehm onlarni pista-bodom , shirinliklar, kulcha nonlar bilan siyladi. Odiljon m ehm onda sho'xlik qilm adi. Shirinliklarga hadeb qo'l cho'zaverm adi. Kelgan boshqa m ehm onlar Odiljonni „odobli bola ekan" deyishdi. Odiljon „Odobli — elda aziz" ekanligini bilib oldi. U shbu topshiriq uyga vazifa qilib berilishi ham mum kin. 4. M avzu yuzasidan tarbiyaviy xulosa chiqarish. — Bugungi maqollarni o'rganish darsi sizga yoqdim i? — M aqollar bolalar tarbiyasiga ta’sir qiladi deb o'ylaysizm i? Ular qanday ta ’sir o'tkazishi mumkin? — Siz bugun o'zingizga qanday xulosa chiqardingiz? — O'qigan qaysi m aqolim iz sizga ham tegishli? 5. Guruhlar to'plagan ballarni e ’lon qilish. O 'quvchilarni rag'- batlantirish. 6. U yga vazifa. M aqollarni ifodali o 'q ish va yod o lish . D arslik dan o 'q ilg a n ertaklar m azm u niga m os m aqollar to p ib , daftarga yozib kelish.