m a’naviyatining shakllanishida m uhim vosita bo'lishi haqida dastlabki tushunchalar beriladi. M aqollar mavzular bo'yicha guruhlab o'rgatiladi. Masalan, 4 -s in f „ q ish kitobi“da maqollar „Ona yurting — oltin beshiging", „Eldan ayrilguncha, jondan ayril“ , „M ehnat - baxt keltirar“ , „O dobing — zeb-u ziynating", „Olim bo'lsang, olam seniki", „K o'ngil ko'ngildan suv ichar" kabj mavzular asosida birlashtirilib berilgan. O'quvchilarga maqollarni mavzu bo'yicha guruhlab o'rgatishda o'qish mavzulariga asoslaniladi. Bunda maqol m azm uniga m os asarlar nom ini keltirish, uning m azm un va g'oyasini maqol bilan bog'lash kerak. Bu jarayonda o'quvchilam ing hayotiy tajribalari asosida misollar keltirish bilan maqollarni izohlash yoki o'quvchilarga maqol g'oyasiga m os bironta hikoya tuzish mustaqil ish sifatida berilishi ham mumkin. 3 -4 -sin fla rd a m aqol janri bo'yicha tahliliy ishlar o'quv yili davo mida izchil uyushtirilib boriladi, y a ’ni „Asar g'oyasiga oid maqol ayting1', „M aqollar asosida krossvord tuzing, rebus yarating" kabi topshiriqlar beriladi, „M aqollar aytish m usobaqasi", „M aqollar m u- shoirasi“ kabilar tashkil qilinadi. M aqollarni o'rganishda ko'rgazm alilik, nazariyaning am aliyot bilan bog'liqligi, ta ’lim -tarbiyaning birligi tamoyillariga amal qilinadi. 4 -sin f yakunida maqol janrini o'rganish yuzasidan um um lash- tiruvchi darsni tashkil qilish zarur. Bunda o'quvchilarga yod olingan maqollar mavzusiga qarab guruhlash ustida ish olib boriladi. Yuqoridagilarni hisobga olganda, m aqolni o'rganishda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi: 1. M aqolni o'qib, uning m azm uni ustida ishlash. 2. M aqoldagi so'zlam in g m a’nosini izohlash.