bo'lsa, savod o'rgatish davri maqollarni o'qish va o'rganishning tay yorlov bosqichidir. Savod o'rgatish davridayoq o'quvchilar maqollarni o'qiydilar. Alifbe davrida berilgan m aqollar matn m azm uni bilan bog'liq bo'lib, ular matn g'oyasini o'quvchilarga lo'nda, aniq yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Bu vaqtda o'quvchilarga maqollar o'qitiladi, m a’nosini bilganlaricha izohlab berishlari so'raladi. O'quvchilar javobini o'qituvchi to'ldirib, m isollar bilan dalillab beradi. Maqollarni o'rgatish o'qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Har bir darsga tayyorlanayotganda asar m azm uniga va unda ilgari surilgan g'oyaga m os maqol ustida qanday mashq uyushtirishni rejalashtirib olish lozim . Hoji boricha ularni dars rejasiga kiritish, izohli lug'atlar (M asalan: Sh. Shom aqsudov, Sh. Shorahm edovning „H ikm atnom a" (o'zbek maqollarining izohli lug'ati), Toshkent, 1990) dan uning m a’nosini oson izohlaydigan, sodda til bilan tushuntirish mum kin bo'lgan shakllarini bilib olish zarur. Buning uchun o'qituvchi „M aqollar to'plam i" va ularning izohiga oid adabiyotlarga ega bo'lishi kerak. Boshlang'ich sinflarda matn ostida berilgan maqollarni o'qish va o'rganish, tahlil qilish asar o'qilib, tahlil qilinib bo'lingach amalga oshirilishi kerak. Chunki asar m azm uni va unda yozuvchi aytm oqchi bo'lgan g'oyani tushunm ay turib, m aqolning m a ’nosini izohlash qiyin bo'ladi. Mualliflar ham m aqol m a’nosini asar voqealari bilan izohlam oqchi bo'ladilar. 1—2-sinflarda m aqolni ifodali o'qish va yod olishga aham iyat b e riladi. 1 -sin f darsligida b o'lim yuzasidan berilgan savol-topshiriqlarda ham maqollarni o'rganishga katta e ’tibor berilgan. M asalan, „Xalq