O'zbek xalqi og'zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og'zaki ijodning
qadimdan shakllangan janri dostondir. U eng murakkab, yirik va keng
tarqalgan shakllardan hisoblanadi. ,,D oston “ so'zi „qissa
„hikoya
„ t a ’rif", ,,m a q to v“, ,,shon-shuhrat“, „sargu zash t“ ma'nolarida ishlati
ladi. U adabiy atama sifatida yirik hajmli, liro-epik asarlarni anglatadi.
Dastlab xalq og'zaki ijodida shakllangan bu janr keyinchalik yozm a
adabiyotda ham salm oqli o'rin tutgan.
Xalq dostonlari maxsus ijrochilar tom onidan kuylangan. U lar hozir
ham baxshi, oqin, shoir nomlari bilan ataladi. Xalq dostonlarining
matni nazm iy va nasriy parchalardan iborat bo'lib, mavzusiga ko'ra
xilma-xildir. B oshlang'ich sinflarda asosan:
1. Qahramonlik dostonlari;
2. Jangnom a dostonlar o'rganiladi.
Xalqning qahramonona kurashlari qahramonlik dostonlarining
paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. „Alpomish", „Yodgor" kabi xalq qah
ramonlik dostonlarida fantaziya va romantik tasvirning kuchli bo'lishiga
qaramay, ularning asosini xalq hayoti va kurashi, uning orzu-armonlari
tashkil etadi. Xalqqa xos insonparvarlik, vatanparvarlik, qahramonlik,
mardlik, mehnatsevarlik, do'stlik va sadoqat kabi olijanob fazilatlari
xalq dostonlaridagi qahramonlar obrazida mujassamlashgan.
B oshlang'ich sin f o'qish darsliklarida doston janriga kam o'rin
berilgan. 3 -sin f „O'qish kitobi" da „Alpom ish", „Rustamxon" dos-
tonlaridan parchalar berilgan bo'lsa, 4-sinfda M. Shayxzodaning
„Toshkentnom a" dostoni keltirilgan.
3-sinfda o'quvchilarga doston
haqida beriladigan
m a’lum ot
„Rustamxon" dostoniga bog'liq holda bayon etiladi. Darsda o'qituvchi
Dostları ilə paylaş: |