— S h e’rni o'qishdan oldin bahor, uning ob -h avosi, tabiat ko'rinishi, qushlar hayoti haqida nimalarni bilar edingiz? — Bugungi darsda qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz? — Dars sizga yoqdimi? — Sizningcha, darsda qaysi guruh faol ishtirok etdi? O 'quvchilam ing fikri um um lashtirilib, guruhlar to'plagan ballar va ayrim faol o'quvchilam ing bahosi e ’lon qilinadi. U y vazifasi: S h e’rni yod olish. S h e’r mazm uniga mos rasm chizish. M aq ol o 'rg a n ish m etod ik asi M aqol turmush tajribalari zam inida tug'ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko'pincha sh e’riy shakldagi hikm atli so'zlar, chuqur m a’noli iboralardir. M aqollar xilm a-xil mavzularda bo'lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi. K o'pin ch a maqol o'git, nasihat xarak- terida bo'ladi: „Yer haydasang — kuz hayda, Kuz haydam asang yuz hayda", „Hunari yo'q kishining, mazasi yo'q ishining" kabi. M aqol xalq og'zaki ijodining juda qadim iy shakllaridan biri bo'lib, unda xilm a-xil badiiy ifoda vositalari — ohangdosh tovushlar takrori bo'ladi. Katta h ayotiy va ijodiy tajribaga ega bo'lgan ajoyib so 'z ustalari- ning o'lm as satr va hikmatli so'zlari ham ko'pincha xalq maqollariga o'xshab ketadi. Masalan, A. N avoiyn in g „M ahbub ul-qulub“da aytgan bir qancha hikmatli so'zlari shular jumlasidandir: ,,O z-o z o'rganib
d ono bo'lur, qatra-qatra yig'ilib daryo b o ‘lur“, „Tilga ixtiyorsiz — elga e ’tiborsiz“ va boshq. M a’lumki, badiiy asar matni ustida ishlash bosqichm a-bosqich amalga oshiriladi. M aqollam i o'rganishda ham bu bosqichlarga e ’tibor qaratish kerak. I—2-sinflar maqollarni o'rganishning birinchi bosqichi