topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini o'stiradi. 1 —2 -sin f darsliklarida topishm oq javoblari ularning ostiga yozib qo'yilgan yoki rasmlar orqali berilgan. 3—4-sinflarga o'tgach esa javoblar qayd etilm agan. Buning sababi shuki, bu davrga kelib o'quvchilar topishm oqlar ustida ishlash knikmalarini hosil qilgan bo'ladi. Topishm oqlar bolalar shoirlari tom onidan ham yaratilib kelinm oq- da. Bunday topishm oqlar sho'x, qiziqarli bo'ladi. M asalan, 4 -sin f „O 'qish kitobi" da „Buni toping, qizlarim" (G ‘. u lo m ) topishm oqlari keltirilgan. Latifa xalq og'zaki ijodining en g om m aviy janrlaridan biri bo'lib, nozik, mayin kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyadir. Xalq o'rtasida „afandi" deb ham yuritiladi. Latifalar yagona qahramon (Nasriddin Afandi) bilan bog'liq holda yaratiladi, ixcham sujetga ega bo'ladi. Latifalarning eng m uhim xususiyatlaridan biri uning ham m a vaqt hayot bilan hamnafas, hamqadam borishidir. Latifa matni ustida ishlashda ham hikoya matni ustida ishlashda qo'llangan usullardan foydalanish mum kin. Lekin bunda latifa janri- ning o'ziga xos jihatlariga ham ahamiyat qaratish lozim . 3 -sin f , , 0 ‘qish kitobi" darsligida „Uyqum qochib ketdi", „Tuya eshikdan sig'maydi" kabi latifalar keltirilgan bo'lsa, 3-sinfda „Latifalar" mavzusi ostida bir necha latifalar berilgan. Latifalar ustida ishlaganda ularda tanqid qilingan illatlar haqida alohida to'xtalib o'tish, o'quvchilarga yaxshi fazilatli bo'lish kerakligini uqtirib o'tish kerak. Um um an olganda, latifalar orqali ham o'quvchilarni tarbiyalab borish lozim. T ez aytishlar m a’lum so'zn i, so 'z birikmasini yoki tovushni to'g'ri talaffuz qilishga, uni boshqa tovushlardan farqlashga o'rgatadigan,