Qahramonlarga tavsif berish matn ustida ishlash orqali amalga osh i riladi. Y ozuvchi foydalangan til vositasida o'quvchilar qahramonlarga
tavsif berishga o'rganadilar, ulam ing tili ham yangi so'zlar bilan boyiy- di. O 'quvchilarni tavsif berishga o'rgatish uchun o'qituvchining o 'zi qahram onni xarakterlovchi so'z, iboralam i tavsiya qiladi. U lar ichiga masaldagi tim sollarga xos bo'lm agan xususiyatlam i ifodalovchi so'z, iboralar kiritib qo'yiladi. O'quvchi ular ichidan m osini tanlab olish jarayonida m antiqan fikrlaydi. Bu so'z va iboralar esa bolalar nutqiga ko'chadi. 4 -sin f „O 'qish kitobi“da berilgan „Baqa bilan Taqa" (A ziz Ab- durazzoq) m asalida baqa tim soli orqali yozuvchi o'ziga m os bo'lm agan, o'ziga to'g'ri kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning maslahati, nasihatiga quloq solm ay, o 'z ayt- ganidan qaytm aydigan, o'jar kishilam i tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o'zining borligini bildirib yashashni istaydi. U taqachining „Taqani o'ylam a, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam , sakrashdan mahrum b o'lasan... Sen taqa bilan yo'rg'alay olm aysan. Yo'rg'alashni ham otga chiqargan", „Sen borligingni bildirib yurm oq- chi b lsang, sayrab yuraver" deyishlariga quloq solm aydi. Bu o'jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga cho'kib ketadi. Yonidagi baqalar bo'lm aganda halok bo'lishi ham tayin edi. Kech bo'lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar o'quvchini o 'z hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi.