yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham to'dasidan ajralib, bo'riga duch keladi, y a ’ni ko'ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan. „C hum oli va Tipratikan" masalidagi m ajoziy qahramonlar ham aslida jam iyatim iz a’zolaridir. C hum oli hayotdagi halol, pok, to'g'riso'z insonlar bo'lsa, tipratikan o'g'ri, qallob birovning ustidan kuladigan kishilar timsolidir. „O'jar Toshbaqa" masalidagi Toshbaqa hayotdagi o'jar, qaysar, o 'z bilganidan qolm aydigan, ko'ngli tusaganini qiladiganlar timsolidir. Boshlang'ich sinflarda masalni o'rganayotganda bolalarni masalni ifodali o'qishga va uning m azm unini qisqa, ba’zan bir necha so'z bilan aytib berishga, ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab, o'zaro qiyoslashga o'rgatish m uhim aham iyatga ega. M asalning allegorik m azm uniga to'xtalm asdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o'xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlam ing xatti-harakati, o'zaro m unosa batlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim
beradigan hikoya ekanini, ko'proq sh e’riy tarzda bo'lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar. Masallarda yashiringan o'tkir kinoya, voqealam ing te z-te z o'rin alm ashinib turishi uni bir maromda o'qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o'qish ga yetarli malaka hosil qilm agan o'quvchi a w a l matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim .