1-Машғулот


Ish olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74
Ish olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar:
Shtativ probirkalari bilan, 1 % li 
kraxmal, spirtovka, termometr, muz tutgan idish, pipetkalar, kichik voronka, fil’tr 
qog`ozi, odamning suyultirilgan so`lagi, lakmus qog`ozi, 10 % li kislotasi eritmasi. 
Ishni bajarish tartibi;
20 ml distillangan suv bilan og`izni chayqab so`lakni 
yig`ing. Yig`ilgan so`lakni fil’trdan o`tkazing va lakmus qog`ozi orqali uning 
reaktsiyasini aniqlang. Agar so`lak 
kuchsiz ishqor reaktsiyasiga teng 
bo`lsa, lakmus qog`oz ko`k rangga 
kiradi. Ptialin fermentini parchalash 
uchun 2 ml fil’trlangan so`lakni 
spirtovkada qaynating. 
6 ta probirkani nomerlab, ularga
quyida- gilarni soling:
1-probirka: 2 ml
kraxmal kleysteri + 1 
ml so`lak 
2-probirka: 3 ml
kraxmal kleysteri + 1 
ml
so`lak 
3-probirka: 3 ml
kraxmal kleysteri + 1 
ml qaynatilgan so`lak 
4-probirka: 2 ml
kraxmal kleysteri + 1 
ml qaynatilgan so`lak 
5-probirka: 2 ml
xom kraxmal + 1 ml 
so`lak 
6-probirka: 2 ml kraxmal kleysteri + 1 
ml so`lak+0,2 ml 10 % uksus kislotasi. 
Probirkalardan 1, 3, 4, 5 va 6 ni 10 minut davomida suv hammomiga qo`ying, 
uning harorati 37-38
0
S ga teng bo`lsin, 2 probirkani esa muz solingan stakanga 
qo`ying. 5 minutdan so`ng hamma probirkalarni bir vaqtning o`zida suv hammomidan 
oling, sekinlik bilan sovuting va kraxmalga nisbatan reaktsiyasini aniqlang, har bir
probirkaga 2 tomchidan yod eritmasidan tomizing. Qaysi probidkada kraxmalning 
parchalanganligini aniqlang. Muhitning har xil sharoitlari so`lakning fermenti 
xususiyatiga qanday ta`sir ko`rsatayotganini aniqlab yozib qo`ying.
Topshiriq

Tajriba natijalarini qayd qiling va savollarga javob bering.
1.
Odamning so`lak bezlariga qaysi bezlar kiradi ? 
2.
Organizm uchun so`lakning ahamiyati ? 
3.
Odam so`lagi tarkibidagi fermentlarni ayting ? 

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin