1-Машғулот



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74
25-Laboratoriya mashg’ulot. 
Ovqat ratsionini va sutkalik ovqat ratsionini tuzish. 
1-ish: Ovqat ratsionini tuzish tamoyillari bilan tanishish.
 
Ishning maqsadi:
Turli ish bajaradigan kishilar, bolalar va o`smirlar uchun 
ovqat ratsionini tuzish tamoyillari bilan tanishib chiqish. 
Ishni olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar:
Ovqat maxsulotlarining 
kimyoviy tarkibini, uning kalloriyasini, vitaminlar va mineral tuzlarining miqdori 
keltiralgan jadval. 
Ishni bajarish tartibi;
 
Ishni bajarishdan oldin jadval chizing. 
12-jadval 
Ovqatlanish 
rejimi 
Maxsulot nomi 
Og`irl
igi gr. 
100gr.maxsu- 
lotdagi miqdor 
Vitaminlar 
maxsuloti 
100 gr. 
miqdori 
Kallo 
riyasi 
Nonushta
Tushlik 
Tushdan 
keyingi 
Kechki
Umumiy miqdori ____________________________________ 
Eslatma: O - Oqsillar, Yo – yog`lar, K – karbonsuvlar 
Har 3 talabadan guruh tuzing va ularga turli kasbdagi kishilar uchun energiya sarfiga 
qarab ovqat ratsionini tuzing.
13-jadval
Kate-
goriya 
Ish xili 
Energiyani
ng ehtiyoji 
kkal 
Sutkalik ehtiyoji 
Oqsillar Yog`lar 
Karbon- 
suvlar 

Aqliy mehnat bilan shug`ul-
lanuvchi shaxslar 
3000 
109 
106 
433 
II 
Mexanizatsiyalashgan ishlab chi-
qarishda xizmat qiluvchi shaxs. 
3500 
122 
116 
491 
111 
Mexanizatsiyalashmagan 
yoki 
qisman mexanizatsiyalashgan ish 
bilan mashg`ul bo`lgan shaxslar 
4000 
141 
134 
558 
IV 
Og`ir jismoniy ish bilan mashg`ul 
bo`lgan shaxslar 
4500 
160 
150 
620 
Ovqat ratsionini tuzishda 14-jadvaldan foydalaning, chunki unda ovqat 
mahsulotlarida oqsillar, yog`lar, karbonsuvlar, ovqat moddalarining kaloriyasi va 
vitaminlarning miqdori protsent holatida 15-jadvalda berilgan.
Ovqat ratsionini tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim. 


46 
a) Ovqat ratsionining kallriyasi sutka davomida sarflangan energiyaning 
miqdoriga teng bo`lishi lozim; 
b) Har bir shaxsning mehnati to`g`ri keladigan oqsillar, yog`lar, karbonsuvlarning 
optimal bo`lgan miqdoriga e`tibor bermoq kerak; 
v) Katta yoshdagi odam uchun 4 marta ovqatlanish optimal hisoblanadi; 
g) Oqsilga boy bo`lgan mahsulotlarni go`sht, baliq, tuxum ertalab va tushki 
ovqatlanishda iste`mol etish maqsadga muvofiqdir. Kechki ovqatda esa sut va o`simlik 
ovqatlarini iste`mol etish maqsadga muvofiq; 
d) Katta yoshdagi odamning ovqat ratsionining tarkibidagi 1/3 oqsillar va yog`lar 
hayvon oqsil va yog`laridan tashkil topgan bo`lishi shart; 
e) Ovqat ratsioni tarkibida vitaminlar, mineral tuzlar va ma`lum miqdorda suv 
bo`lishi kerak.
Agar 4 marta ovqatlanganda ertalabki nonushta sutkalik ratsionning 25-30% ni, 
tushdagi ovqat 40-45 % ni, tushdan keyingi ovqat 10-15 % ni, kechki ovqat esa 15-20 
% ni tashkil etishi lozim. Bolalar va o`smirlar uchun ovqat ratsionini tuzish o`ziga xos 
xususiyatga ega. Ovqat ratsionini turli yoshdagi bolalar uchun ham tuzilishi bir xil 
bo`lmaydi. Quydagi jadvalda keltirilgan ma`lumotlar bilan tanishing.

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin